Revision 2174684 of "Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi" on uzwiki

{{Universitet        
|nomi          = Исломшунослик илмий-тадқиқот маркази
|qisqartma     = ИИТМ
|ramz          = [[Fayl:IITM.jpg]]
|tasvir        = 
|original      = 
|xalqaronom    = The Center for Research on Islamic Studies
|shior         = Юксак маънавият, қадриятлар уйғунлиги ва бағрикенглик
|asos_yil      = [[1999]]
|turi          = 
|prezident     = 
|direktor      = Усмонов Иброҳим
|manzil        = 100011, Тошкент, Абдулла Қодирий кўчаси 11 уй. 
|vebsayt       = [http://www.islamcenter.uz Марказ веб сайти]
}}
== Tarixi ==
Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining [[1999 йил 7 апрел]]dagi «Toshkent islom universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-2282 sonli Farmonining 6-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 6 maydagi 224-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan.


== Markazning asosiy vazifalari: 
* ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur oʻrganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka etkazish;
* jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan oʻrnini tadqiq etish, rivojlanish yoʻnalishlari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;
* mintaqa va xalqaro doirada yuz berayotgan zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish.

== Markaz tuzilmasi ==

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi 7 boʻlimdan iborat:
:
# Qurʼonni oʻrganish (tafsir) boʻlimi
# Hadisshunoslik boʻlimi
# Islom tarixi va falsafasi boʻlimi
# Shariat (fiqh) boʻlimi
# Maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat boʻlimi
# Manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimi
# Ekspeditsiya va taqriz boʻlimi


== Loyihalar ==
Bugungi kunda Markazda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:

'''Fundamental tadqiqotlar'''
# «Movarounnahrda Qurʼon va tafsir ilmlari taraqqiyoti, mashhur mufassirlar ilmiy merosining oʻlka maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni».

'''Amaliy tadqiqotlar'''
# «Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlarimiz diniy-maʼrifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sogʻlom eʼtiqodni shakllantirish».
# «Diniy mutaassiblikning vayronkor mohiyati, maʼnaviy qadriyatlarimizga tahdidi va yoshlarda ularga qarshi gʻoyaviy immunitetni mustahkamlashning amaliy-tatbiqiy uslublari».
# «Globallashuv sharoitida diniy soha rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari va geosiyosiy ahamiyati, yoshlarda diniy bagʻrikenglik madaniyatini yuksaltirishning yoʻllari va vositalari».
# «Yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini etnosotsiologik tadqiqot asosida oʻrganish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish».
# «Globallashuv sharoitida zamonaviy tasavvufiy tariqatlar: taʼlimotlar, uslublar, tahlil va xulosalar».
# «Markaziy Osiyoda xattotlik sanʼatining rivojlanish tarixi, xattotlik maktablari».
# «Din psixologiyasini oʻrganishning nazariy metodologik masalalari».

'''Innovatsion loyihalar'''
# «Globallashuv sharoitida yoshlar maʼnaviy kamolotini yuksaltirishda Oʻrta Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosining axamiyati nomli elektron uslubiy qoʻllanmasini tayyorlash».

== Hamkorlik aloqalari ==
# Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
# Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qoʻmitasi
# Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
# Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti
# Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi
# «Mahalla» xayriya-jamoat fondi
# Imom Buxoriy xalqaro markazi
# Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi
# Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi
# Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
# «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi
# «Movarounnahr» nashriyoti
# «Yangi asr avlodi» nashriyoti

== Havolalar ==
* [http://www.islamcenter.uz Markaz veb sayti] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20191202084916/http://islamcenter.uz/ |date=2019-12-02 }}

{{stub}}