Revision 2175564 of "Milliy stadioni" on uzwiki

{{Infobox stadium
| name                = {{bayroq|Uzbekistan}} Bunyodkor Stadioni
| nickname = Bunyodkor Stadioni
| image = [[Fayl:Bunyodkor stadium1.jpg|300px]]
| fullname =
| location = {{bayroq|Uzbekistan}} [[Oʻzbekiston]], [[Toshkent]]
| broke_ground = 13-noyabr 2008-yil
| built = 2012-yil
| opened = 31-avgust 2012
| renovated = Yangi Stadion
| expanded =
| closed =
| demolished =
| owner = [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor futbol klubi]]
| operator = [[OʻFF|Oʻzbekiston futbol federatsiyasi]]
| surface = tabiy chim
| construction_cost = 228,7 mln yevro <ref>[http://www.sports.ru/tribuna/blogs/vitalysuvorov/407227.html 10 samix novix futbolnix stadionov mira]</ref>
| architect = {{bayroq|Germany}} GMP Architects
| structural engineer =
| services engineer =
| general_contractor =
| project_manager =
| main_contractors =
| former_names =
| tenants = [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]], [[Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi|Oʻzbekiston Milliy Terma Jamoasi]]
| capacity = 34.000
| dimensions = 112m x 72m
| scoreboard =
}}
'''Bunyodkor Stadioni''' — [[Toshkent]]ning [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]] futbol klubi [[stadion]]idir. Bu stadion Toshkent shahri chilonzor tumanida joylashgan . Shuningdek bu stadionda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni sigʻdira oladi.<ref>[http://www.fcbunyodkor.com/news/sections/club/5767 Davlatimiz rahbari yangi barpo etilgan „Bunyodkor“ sport kompleksiga tashrif buyurdi], ''[[Bunyodkor PFK]] sayti''</ref><ref>[http://www.uznews.net/news_single.php?lng=ru&cid=33&nid=20780 V Tashkente sekretno gotovyat otkritie stadiona „Bunedkor“]</ref>

[[Toshkent]] shahridagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi oʻzbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga toʻgʻri keldi<ref>{{Citation |year= |title=V Tashkente na novom stadione „Bunedkor“ proshlo prazdnovanie 100-letiya uzbekskogo futbola |url=http://news.olam.uz/society/12210.html |access-date=2014-04-26 |archivedate=2013-11-02 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20131102111648/http://news.olam.uz/society/12210.html }}</ref>.

[[Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning qaroriga koʻra, „Bunyodkor“ stadioni aslida 2012-yilning 10-martida topshirilishi kerak edi.

[[Germaniya]]ning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq toʻxtab qolgan edi. Bunga „Bunyodkor“ jamoasining muassisi, [[Gulnora Karimova]]ga tegishli ekani aytiladigan „[[Zeromaks]]“ shirkatining yopilishi sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng toʻxtab qolgan qurilish [[Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning 5-apreldagi qaroridan soʻng yana boshlandi<ref>[http://www.publika.uz/news-uzb/event/13036 V Tashkente torjestvenno otkrit stadion „Bunedkor“]</ref>.

Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan [[Markaziy Osiyo]]dagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. [[Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi|OʻFF]] sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 ming boʻlib, majmua ikki qavatdan iborat boʻldi.<ref>[http://www.ozodlik.org/content/article/24655645.html „Bunyodkor“ stadioni 28 avgustdan ishga tushadi]</ref>

Bunyodkor stadioni 34 000 oʻrinli boʻlib, shundan 1700 tasi VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar toʻxtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi.
  
120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor.
  
Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

== Suratlar ==
<gallery>
File:Bunyodkor stadium.jpg
File:Bunyodkor stadium2.jpg
File:Bunyodkor stadium3.jpg
File:Bunyodkor stadium4.jpg
File:Bunyodkor stadium from above.jpg
</gallery>

== Manbalar ==
{{manbalar}}

== Tashqi havolalar ==
{{commonscat|Bunyodkor Stadium}}

[[Turkum:Oʻzbekiston stadionlari]]
[[Turkum:Oʻzbekistondagi imoratlar]]