Revision 2177547 of "Umakay jizi" on uzwiki'''Jiz''' - semiz qoʻyning goʻshtidan tayyorlanuvchi taom goʻshtsevarlarning orzusidir. Eng mohirona tayyorlanadigan joyi - [[Chiroqchi tumani]]ning [[Samarqand viloyati]] bilan chegarasida joylashgan [[Umakay]] qishlogʻidagi choyxona. Choyxona, ayniqsa, yuk mashinalari haydovchilari oʻrtasida juda mashhur. Daraxt tagidagi supalarda bemalol oyoqlarni yozib ishtaha bilan tanovul qilishingiz mumkin. Yoʻl chekkasida joylashganligi uchun mashinalar shovqini biroz xalal bersa-da, taomning lazzati bu kabi kichik kamchiliklarni yopib yuboradi. [[24/7]] rejimida ishlaydigan bu choyxona, [[Qarshi]] - [[Samarqand]] yoʻlidagi eng koʻp ziyorat qilinadigan maskanlardan biriga aylangan.
== Tayyorlanishi ==
Qoʻy goʻshti kichik, kubiksimon parchalarga boʻlinib, oʻzining yogʻiga qovuriladi. Ustiga biroz piyoz tashlanib, xoʻrandalarga taqdim qilinadi. Bir qarashda juda joʻn tuyilsa-da, goʻshtni qancha qovurish darajasini bilish haqiqiy oshpazlikni talab qiladi. Deyarlik, koʻzingizning oldida soʻyilgan qoʻyning goʻshtidan qilingani uchun bu taom shahardagi choyxonalardagilaridan lazzatda ustun turadi.
Agar yozda tashrif buyursangiz, haqiqiy dasht [[chalob]]ini olib kelishlarini soʻrang. Ichiga koʻkat tashlangan, dashtda har xil oʻt-giyohlarni yeb, yelinlari toʻlgan sigirning qaymogʻi olinmagan sutidan tayyorlangan chalobni ichsangiz yoʻlingiz tushsa, bu yerga kirmasdan ketmaydigan boʻlib qolasiz.
== Mavzuga doir maqolalar ==
* [http://www.azu.uz/assorty/restoran/restoran_detail.php?ID=2244 Chiroqchi Jizi Haqida] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20150224035751/http://www.azu.uz/assorty/restoran/restoran_detail.php?ID=2244 |date=2015-02-24 }}
[[Turkum: Oʻzbek taomlari]]
[[Turkum: Chiroqchi]]All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=2177547.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|