Revision 2200511 of "Tahsin mukofoti" on uzwiki

[[File:Tahsin mukofoti.jpg|thumb|200px|2021-yilgi „Tahsin“ mukofoti taqdirlash marosimidan olingan surat]]
'''„Tahsin“ mukofoti''' — [[Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi]] Markaziy Kengashi tomonidan [[2019-yil]]da ta’sis etilgan. Mukofot [[Oʻzbekiston]]da yil davomida oʻz sohasidagi mehnati, yutugʻi va foydasi yuqori baholangan va tahsinga sazovor boʻlgan eng kuchli yoshlarga beriladi.

Mukofotga quyidagi 30 yoshdan oshmagan shaxslar oʻz nomzodini qoʻyishi mumkin:

- ijtimoiy sohada mehnat qilayotgan, soha rivojiga aniq hissa qoʻshgan, joriy yilda samarali ishi va yutugʻi mutaxassislar va jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan, oʻz bilimi, iqtidori va ish unumdorligi bilan xalq eʼtirofiga sazovor boʻlgan yosh shifokorlar, pedagoglar, murabbiylar, jamoatchi va koʻngilli (volontyor) yoshlar;

- milliy musiqa va raqs, kino, [[teatr]] sanʼati, adabiyot, tasviriy sanʼat, hunarmandchilik rivojiga hissa qoʻshayotgan yoshlar;

- fan va sport sohasida respublika va xalqaro musobaqa hamda tanlovlarda yutuqqa erishgan, yosh sportchilar, oʻquvchi va talabalar, yosh olimlar;

- aholi muammolarini hal etayotgan yosh jurnalistlar, blogerlar, AKT sohasi mutaxassislari (dasturchilar).

- ishlab chiqarish, iqtisodiyot va bank-moliya sohasida mehnat qilib kelayotgan, sohaga innovatsiya kiritgan yosh iqtisodchilar, muhandislar, texnologlar, bank-moliya xodimlari va hokazo;

- yosh tadbirkorlar va fermerlar;

- davlat boshqaruvi va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh davlat xizmatchilari, xususan, vazirlik, idora, hokimiyat, tashkilotlar tizimi xodimlari, deputatlar, huquq-tartibot organlari xodimlari va boshqalar.

Mukofotga chet el fuqarolari millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqei, faoliyat sohasi va joyidan qatʼiy nazar yakka yoki jamoa tarzida nomzod bo‘lishi mumkin. Buning uchun ular Oʻzbekiston fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va yoshlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan boʻlishi lozim. Mukofotga munosib nomzodlar tanlab olinishi Ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Guruh Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan tasdiqlanadi. Mukofot sovrindorlariga 10 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti, diplom va maxsus statuetka topshiriladi<ref>{{cite web
|url= https://yoshlarittifoqi.uz/uz/projects/4486 
|title= “Tahsin” mukofoti to‘g‘risida Nizom
|author= O'zbekiston yoshlar ittifoqi
|website=https://yoshlarittifoqi.uz
|accessdate=}}</ref>.
==„Tahsin – 2019“==
[[File:Tahsin19.jpg|thumb|„Tahsin ʼ19“ mukofoti gʻoliblari]]
Taqdirlash marosimi 16-dekabr kuni „Yoshlar ijod saroyi“da o‘tkazilgan. Unda davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan. Tanlovga noyabr oyi davomida turli sohalaridagi 500 nafarga yaqin nomzodlar tavsiya etilgan va ularning 22 nafari mukofot bilan taqdirlangan.

===Gʻoliblar===

„Qurolli Kuchlar sohasida O‘zbekiston nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun“ — Navoiy viloyati DXX Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi raisi Zumrad Turayeva va Mudofaa vazirligining xalqaro „Army – 2019“ tanlovida gʻolib boʻlgan tankchilar ekipaji;

„Oʻzbek tilida masofaviy taʼlim olish imkoniyatlari rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ — „Khan Academy“; 

„Ilm-fan sohasini rivojlantirishdagi kuchli irodasi va matonati uchun“ — Xurshid Toshev. U koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosidaingliz tilidagi ilk o‘quv qo‘llanmani yaratishda hissa qo‘shgan;

„Sanʼat sohasidagi iqtidori uchun“ — Sevara Mirsiddiqova. Koʻzi ojizlar musiqa maktabi oʻqituvchisi, xalqaro tanlov gʻolibi, pianinochi;

„Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashabbuskorligi uchun“ — Shohijaxon Dehqonov;

„Atrof-muhit ozodaligini ta’minlashdagi tashabbuskorligi uchun“ — “Hashar week" loyihasi asoschisi Suna Pak va Jarqoʻrgʻonda oʻrmonzor yaratgan Namoz Jumayev;

„Haykaltaroshlik yo‘nalishi rivojidagi tashabbusi uchun“ — Bahrom Norboyev;

„Kitobxonlikni rivojlantirishdagi tashabbusi uchun“ — „Asaxiy books“ asoschisi Firuz Allayev;

„Ommaviy axborot vositalari sohasidagi faolligi uchun“ — „Daryo“ muxbiri Madina Nurmanova;

„Mamlakat sport imidjini koʻtarishda qoʻshgan hissasi uchun“ — Eldor Shomurodov va Kumush Fayzullayeva;

„Bolalar va yoshlar oʻrtasida volontyorlik harakati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ — Jizzax viloyati 2018/2019 oʻquv yilida Respublika „Kamalak“ bolalar tashkiloti sardori Dilshod Sharofov va Toshkent shahri „Vremya Chudes“ volontyorlik harakati asoschisi Shirin Abidova;

„Tadbirkorlik yo‘nalishida koʻrsatgan tashabbusi uchun“ — Toshkent shahri, Navoiy viloyatida hoʻl va quruq mevalar eksporti bilan shugʻullanuvchi „Teodora goods“ va „Teodora group“ MChJlari rahbari Dildora Otajonova hamda „MFaktor“ loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar;

„Yuksak mehr va eʼtibor uchun“ — „Kun.uz“ sayti; Toshkent shahri „Mehrli qoʻllar“ loyihasi muallifi Bahrom Aliyev; „Mehribon yurak“ aksiyasida yurak xastaligiga chalingan, jarrohlik amaliyotiga zarurati bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan 14 nafar bolaga begʻaraz jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan bosh shifokor Murod Ahmedov; „Yoshlar“ telekanalidagi „7-qadam“ xayriya loyihasi muallifi Hamza Jumayev;

„Yuksak insoniylik, mardlik va jasorati uchun“ — Olamafroʻz Abdullayev. U Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida yuz bergan baxtsiz hodisada oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib 8 nafar insonni birinchilardan boʻlib qutqargan, ushbu qahramonligi uchun Chelyabinsk viloyati rahbariyati tomonidan „Спешите делать добро“ medali bilan taqdirlangan<ref>{{cite web
|url= https://yoshlarittifoqi.uz/uz/news/4537 
|title= "Tahsin" mukofotiga kimlar munosib ko'rildi?
|author= O'zbekiston yoshlar ittifoqi
|website=https://yoshlarittifoqi.uz/
|accessdate=2019-yil 16-dekabr}}</ref>.

==„Tahsin – 2021“==
Toshkent shahrining Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining old maydonida 28-iyun kuni oʻtkazilgan. Marosim dunyoga mashhur — „GQ“, „Oscar“, „Forbes“ va boshqa shu kabi yirik taqdirlash marosimlari formatida boʻlib oʻtgan<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/06/29/toshkentda-tkazilgan-tahsin2021-yoshlar-mukofoti-taqdirlash-marosimi--suratlarda
|title= Тошкентда ўтказилган «Таҳсин–2021» ёшлар мукофотининг тақдирлаш маросими — суратларда
|author= Bugun.uz
|website= https://bugun.uz/
|accessdate= 2021-yil 29-iyun
|archivedate= 2021-06-29
|archiveurl= https://web.archive.org/web/20210629122319/https://bugun.uz/2021/06/29/toshkentda-tkazilgan-tahsin2021-yoshlar-mukofoti-taqdirlash-marosimi--suratlarda
}}</ref>.

===Gʻoliblar===

Farrux Murodov va Nargiza Quvonova — yosh oʻqituvchilar oilasi;

Firdavs Sobirov — kimyo fani boʻyicha xalqaro olimpiada gʻolibi;

Nigina O‘ktamova — boks boʻyicha ilk ayol jahon chempioni;

Nodirbek Abdusattorov — shaxmat boʻyicha jahon chempioni;

Sabina Tashkenbayeva — gimnastika boʻyicha olimpiada ishtirokchisi;

Rasul Jumayev — respublikadagi eng yosh olim;

Xojiakbar Ibragimov — tibbiyot xodimi;

Muyasar Dauletbayeva — „Yoshlar ovozi“ respublika festivali gʻolibasi;

Ahror Xushvaqtov — baxshilar sulolasining yettinchi avlod vakili;

Javlonbek Jovliyev — „Qoʻrqma“ romani muallifi;

Saida Rashidova — „Kitobxon onalar“ klubi asoschisi;

Tillaniso Eshboyeva — „Sunbula“ nomli hikoyalar toʻplami muallifi;

Saʼdullo Quronov — „Galaktikada bir kun“, „Jajji huquqshunos“ kabi kitoblar muallifi;

Muhammadali Eshonqulov — iqtisodchi, yoshlar motivatori;

Shahzod Bahodirov — „Thompson school“ oʻquv markazi asoschisi;

„Kelajak yoshlari“ loyihasi — Jahongir Poʻlatov – „Cambridge“ oʻquv markazi asoschisi;

„Mehrli qoʻllar“ — brayl uslubidagi bosmaxonada oʻzbek va rus tillarida mingga yaqin kitoblar chop etilgan;

===Ommaviy axborot vositalari xodimlari===

Bekzod Nugmanov — „Bugun.uz“, „Vzglyad.uz“ va „People“ internet nashrlari asoschisi;

Sabina Bakayeva — „Газета.uz“ jurnalisti;

Timur Abdulin — „Repost“ yangiliklar sayti bosh muharriri;

Jamshidxon Ziyoxonov — YouTube’dagi „Subyektiv“ loyihasi boshlovchisi;

Zafarbek Solijonov — bloger;

Nurbek Alimov — bloger;

Mirolim Isajonov — „Daryo“ jurnalisti;

Musulmonbek Ibrohimov — „Daryo“ jurnalisti;

Inobat Axatova — „Xalq soʻzi online“ nashri jurnalisti;

Iroda Dadadjonova — „Yosh kuch“ jurnali muxbiri;

Temur Nazarov — TikToker, foydali kontent olib boruvchi bloger;

Timur Alixonov — Instagram blogeri.

===Mukofot bilan taqdirlangan loyihalar===

„Mehr Orolni qutqaradi“ — Orol dengizining qurigan tubida „yashil qoplamalar“ – himoya saksovulzorlarini barpo etgan guruh;

„Mehr“ insonparvarlik operatsiyasi — Suriya, Iroq qurolli toʻqnashuv markazlarida qolib ketgan yuzlab ayollar va bolalarni Oʻzbekistonga qaytarish 
boʻyicha insonparvarlik operatsiyasi;

„Zakovat“ intellektual oʻyini — 100 mingdan ortiq bilimdonlarni ilm atrofida birlashtira olgan loyiha;

„Osmondagi bolalar“ loyihasi — Zamonamiz qahramonlarini kashf qilayotgan, yoshlarga motivatsiya berayotgan loyiha;

„Metsenat.uz“ elektron platformasi — talabalarga taʼlim granti va stipendiyalar ajratishga yordam beruvchi loyiha;

„Ezgu amal“ xayriya jamgʻarmasi — Saraton kasalligi va tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan, ogʻir kasalga chalingan minglab bolalar va oilalarga koʻmak 
berayotgan xayriya fondi;

„Army–2020“ Ayollar jamoasi — „Harbiy tibbiy estafeta“ xalqaro oʻyinlari gʻolibalari.

==Manbalar==
{{Manbalar}}

[[Turkum:Mukofot]]