Revision 2476867 of "Hayriddin Sultonov" on uzwiki

'''Hayriddin Sultonov''' — [[Toshkent]] viloyati [[Qibray tumani]]dagi Tuzel qishlogʻida 1956-yil 18-yanvarda tugʻilgan. 1973-yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972). U „[[Guliston]]“ (1974–1980), „[[Yoshlik]]“ (1982–1985) [[jurnal]]larida, [[Adabiyot]] va [[sanʼat]] nashriyotida (1980–1982, 1985–1993) faoliyat koʻrsatdi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul vazifada xizmat qilmoqda.

== Asarlari ==
* „[[Quyosh barchaga barobar]]“ (1980)
* „[[Bir oqshom ertagi]]“ (1983)
* „[[Onamning yurti]]“ (1987)
* „[[Umr esa oʻtmoqda]]“ (1988)
* „[[Boburning tushlari]]“ (1992) nasriy toʻplamlar
* „[[Saodat sohili]]“ (2005) qissasi
* „[[Yozning yolgʻiz yodgori]]“
* „[[Ajoyib kunlarning birida]]“
* „[[Boburiynoma]]“ — maʼrifiy roman.(1997)
* „[[Koʻngil ozodadir]]“
* „[[Gʻulomgardish]]“
* „[[Navoiy koʻchasi 30]]“

== Film ssenariylari ==
* „[[Changak]]“
* „[[Moziydan bir sahifa]]“
* „[[Mehrobdan chayon]]“
* „[[Yozning yodgori]]“
* „[[Tushlarimda koʻraman seni]]“
U [[Abdulla Qodiriy]] ijodi, asarlari haqida bir qancha badialar yaratgan.

Hayriddin Sultonov mohir tarjimon boʻlib, [[A.Sent-Ekzyuperi]], [[Nagibin]], [[S.Alekseyev]], [[V.Shukshin]] kabilarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

== Boburnoma ==
[[Bobur]] 15-asrda yurtlardan yurtlarga qurol, askarlar bilan oʻtgan. Xayriddin Sultonov 20-asrda [[Bobur]] yurgan yoʻllardan yurdi. Kitobxon beixtiyor besh asr davomida odamlar tabiatida, ruhiyatida roʻy bergan oʻzgarishlarni qiyoslay boshlaydi. „[[Boburnoma]]“ning qimmatli tomonlaridan biri inson tabiatidagi azaliy xususiyatlarning, insonlararo munosabatlarning kam oʻzgarishidir.

== „Saodat sohili“ qissasi ==
Bu qissada tasvirlangan voqealar Bobur oʻlimidan bir necha oy oldin [[Agra]] shahrida boburiylar saroyida boʻlib oʻtadi. Toshkentlik olim Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy (taxallusi Hofiz Koʻykiy) bir qator Sharq mamlakatlarini aylanib, Bobur saroyidagi boy kutubxonada mutolaa qilish maqsadida azob-uqubatlar bilan Agra shahriga yetib keladi. Shogirdi Binoqul yoʻlda halok boʻladi. Bobur hofiz Koʻykiyni ochiq koʻngil bilan kutib oladi va Bogʻi Nurafshon deb atalmish bogʻning kunchiqar tomonidagi xos hujayralardan biriga joylashtiradi.
Asarda Bobur ''"Eh, saltanat… Ne boʻlsa — Allohdan! Shu saltanat minnati umr boʻyi oyogʻimga kishan boʻldi, murodimga gʻov…"'' — deydi. U ''"Angladimki, bu oʻlkada alarning yolgʻiz jismlarini boʻysundira olur ekanman, ruhlarini itoat ettirmakka hargiz qudratim yetmas ekan"'' degan xulosaga keladi.
Hofiz Koʻykiy saodat sohili haqidagi fikri bilan Boburning vatandan yiroqlik dardini yangilaydi.
Bobur „Shoshlik minnatidan xolos boʻlib“, vatanga qalandar boʻlib qaytishni orzu qiladi, Hofiz Koʻykiyga quyidagi soʻnggi soʻzlarini aytadi: ''"Sizga nechogʻli havasim kelishini bilsangiz edi!".'' Asar yakunida Bobur olamdan oʻtadi.<ref>Matchonov S., Sariyev Sh. Adabiyot. 292-29-betlar. T.: „Yurist-media markazi“, 2010.</ref>

== Kitoblari ==
* Sultonov Xayriddin. Bir oqshom ertagi. T.: Adabiyot va sanʼat, 1983.
* Sultonov Xayriddin. Boburning tushlari. T.: Adabiyot va sanʼat, 1993.
* Sultonov Xayriddin. Boburiynoma. Maʼrifiy roman. T.: „[[Sharq]]“, 1997.

== Manbalar ==
{{Manbalar}}

[[Turkum:Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari]]
{{DEFAULTSORT:Sultonov, Hayriddin}}