Revision 2669044 of "Milliy stadioni" on uzwiki{{Infobox stadium
| name = {{bayroq|Uzbekistan}} Bunyodkor Stadioni
| nickname = Bunyodkor Stadioni
| image = [[Fayl:Bunyodkor stadium1.jpg|300px]]
| fullname =
| location = {{bayroq|Uzbekistan}} [[Oʻzbekiston]], [[Toshkent]]
| broke_ground = 13-noyabr 2008-yil
| built = 2012-yil
| opened = 31-avgust 2012
| renovated = Yangi Stadion
| expanded =
| closed =
| demolished =
| owner = [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor futbol klubi]]
| operator = [[OʻFF|Oʻzbekiston futbol federatsiyasi]]
| surface = tabiy chim
| construction_cost = 228,7 mln yevro <ref>[http://www.sports.ru/tribuna/blogs/vitalysuvorov/407227.html 10 samix novix futbolnix stadionov mira]</ref>
| architect = {{bayroq|Germany}} GMP Architects
| structural engineer =
| services engineer =
| general_contractor =
| project_manager =
| main_contractors =
| former_names =Bunyodkor stadioni
| tenants = [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]], [[Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi|Oʻzbekiston Milliy Terma Jamoasi]]
| capacity = 34.000
| dimensions = 112m x 72m
| scoreboard =
}}
'''Milliy stadioni''' — [[Toshkent]]ning [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]] futbol klubi [[stadion]]idir. [[Toshkent shahri]]ning [[Chilonzor tumani]]da joylashgan . Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni sigʻdira oladi.<ref>[http://www.fcbunyodkor.com/news/sections/club/5767 Davlatimiz rahbari yangi barpo etilgan „Bunyodkor“ sport kompleksiga tashrif buyurdi] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20131202233815/http://www.fcbunyodkor.com/news/sections/club/5767 |date=2013-12-02 }}, ''[[Bunyodkor PFK]] sayti''</ref><ref>[http://www.uznews.net/news_single.php?lng=ru&cid=33&nid=20780 V Tashkente sekretno gotovyat otkritie stadiona „Bunedkor“]</ref>
[[Toshkent shahri]]dagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi oʻzbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga toʻgʻri keldi<ref>{{Citation |year= |title=V Tashkente na novom stadione „Bunedkor“ proshlo prazdnovanie 100-letiya uzbekskogo futbola |url=http://news.olam.uz/society/12210.html |access-date=2014-04-26 |archivedate=2013-11-02 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20131102111648/http://news.olam.uz/society/12210.html }}</ref>.
[[Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning qaroriga koʻra, „Bunyodkor“ stadioni aslida 2012-yilning 10-martida topshirilishi kerak edi.
[[Germaniya]]ning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq toʻxtab qolgan edi. Bunga „Bunyodkor“ jamoasining muassisi, [[Mirodil Jalolov]]ga tegishli ekani aytiladigan „[[Zeromaks]]“ shirkatining yopilishi sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng toʻxtab qolgan qurilish [[Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning 5-apreldagi qaroridan soʻng yana boshlandi<ref>[http://www.publika.uz/news-uzb/event/13036 V Tashkente torjestvenno otkrit stadion „Bunedkor“]</ref>.
Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan [[Markaziy Osiyo]]dagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. [[Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi]] sayti maʻlumotiga koʻra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 mingdan iborat boʻldi, shundan 1700 tasi VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar toʻxtash joyi, konferens-zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi.
120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor.
Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
== Tarixi ==
Stadion qurilishi 2009-yilda boshlangan. Stadionning ilk poydevorini qoʻyishda Ispaniyaning “[[Barselona (futbol klubi)|Barselona]]” futbol klubining oʻsha paytdagi prezidenti Joan Laporta va [[Oʻzbekiston]] futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov ishtirok etgan. Stadion qurilishi 2012-yil avgust oyida yakunlangan. Stadionning ochilishi, 2012-yil 28-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – [[Islom Karimov]] ishtirokida oʻtkazilgan, shuningdek, muxlislar va tomoshabinlar bilan toʻla bo'lgan. Stadionning tantanali ochilishi taniqli oʻzbek estrada xonandalarining kuy-qoʻshiqlari bilan bo'lgan, shuningdek, Toshkentning “[[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]]” va “[[Paxtakor (futbol klubi)|Paxtakor]]” futbol klublari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Stadionning ochilishi Oʻzbekiston futbolining 100 yilligiga toʻgʻri kelgan. 2018-yil 11-iyunda FAU Ijroiya qo'mitasining qarori bilan nom "Milliy" ga o'zgartirilgan.
== Tavsifi ==
Stadion [[Toshkent|Toshkent shahri]], Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasida joylashgan. Milliy Stadioni - 34 000 tomoshabinga moʻljallangan, ikki qavatli va 50 dan ortiq sektorga ega. VIP (taxminan 50 o'rin / kabina) va CIP (700 o'rinli) qutilari mavjud. Nogironlar aravachasida foydalanuvchilar uchun bir necha o'nlab joylar mavjud. Stadionda restoran va kafe-barlar, tez ovqatlanish korxonalari, hojatxonalar, fitnes klublari va boshqa ob'ektlar va punktlar mavjud.
Ikkita yirik monitor, zamonaviy yoritish tizimi – 3000 lyuks, zamonaviy audiotizim, futbolchilar va jamoa a’zolari uchun toʻrtta kiyim almashtirish xonasi, konferensiya zali va boshqa yordamchi xonalar va jihozlar mavjud. Stadion ostida 350 ta mashinaga moʻljallangan avtoturargoh mavjud. Shuningdek, stadion hududida “Oʻzbekiston futboli tarixi muzeyi” joylashgan boʻlib, unda “Bunyodkor” futbol klubining kuboklari, shuningdek, futbolga oid boshqa buyumlar, fotosuratlar va koʻrgazmalar taqdim etilgan. Stadion maydoni zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradi. Maydonning o'lchami 105 ga 68 metrni tashkil qiladi.
“Milliy” stadioni majmuasi 37 gektar maydonni egallab, asosiy stadiondan tashqari yana yettita zamonaviy maydonga ega. Shuningdek, majmua hududida bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari hamda boshqa infratuzilma ob’ektlari joylashgan. Kechqurun stadion fasadini “Sharq alangasi” deb nomlangan yoritish tizimi yoritadi.<ref>https://m.kun.uz/news/2022/06/29/bunyodkorda-akademiya-va-stadion-direktori-ozgardi</ref>
== Suratlar ==
<gallery>
Fayl:Bunyodkor stadium.jpg
Fayl:Bunyodkor stadium2.jpg
Fayl:Bunyodkor stadium3.jpg
Fayl:Bunyodkor stadium4.jpg
Fayl:Bunyodkor stadium from above.jpg
</gallery>
== Manbalar ==
{{manbalar}}
== Havolalar ==
* {{Web manbasi|url=https://olympic.uz/ru/8351|title=Стадион “Бунёдкор” переименован в “Миллий”|website=Olympic.uz|accessdate=2021-12-11|deadlink=no|archivedate=2020-01-29|archiveurl=https://web.archive.org/web/20200129080045/http://olympic.uz/ru/8351}} {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20200129080045/http://olympic.uz/ru/8351 |date=2020-01-29 }}
== Tashqi havolalar ==
{{commonscat|Bunyodkor Stadium}}
[[Turkum:Oʻzbekiston stadionlari]]
[[Turkum:Oʻzbekistondagi imoratlar]]All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=2669044.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|