Revision 2713199 of "Koʻsem Sulton" on uzwiki

 
[[Категория:Персоналии по алфавиту]]
'''Mahpeyker Kösem Sulton''' (usmonli; كوسم سلطان: {{Lang-tr|Mâh-Peyker Kösem}}. 1590 - [[1651]] [[2-sentabr|yil 2 sentyabr]] ) - Usmonlilar imperiyasining 14 - sultoni sulton [[Ahmad I]] ning ikkinchi yoki uchinchi xotini hamda sultonlar [[Murod IV]] va [[Ibrohim I]] ning onasi. O‘g‘illari hukmronligi davrida u [[Volida Sulton|Volida Sulton (Sultonning onasi) unvoniga ega bo‘lgan]] va Usmonlilar imperiyasining [[Ayollar saltanati|eng nufuzli ayollaridan]] biri bo‘lgan. Sulton [[Mehmed IV]] ning hukmronli yillarida sulton buvisi nomi bilan saltanat ishlarida bevosita qatnashgan va "buyuk Volida" (sultonning buvisi) unvonini olgan. Umuman olganda, u taxminan 30 yil hokimiyat tepasida edi. Uning Ahmadga ta'siri [[Mustafo I]] hayotini saqlab qolish va shu bilan [[Usmonlilar imperiyasi|Usmonli imperiyasida]] taxtga vorislik tartibini o'zgartirish bilan bog'liq.  [[Hatice Turhan Sultan|Turxon Sulton]] tarafdorlari tomonidan o'ldirilgan..

== Biografiyasi ==

=== Kelib chiqishi va haramdagi dastlabki yillari ===
Haramga kirgunga qadar uning hayoti haqida ishonchli dalillar yo'q, hatto tug'ilgan yili ham noma'lum {{Sfnm|İlgürel|2002|Tezcan|2008|Somel|2003}}, lekin u yunon {{Sfnm|İlgürel|2002|Tezcan|2008|Britannica}} yoki bosniyalik {{Sfn|Somel|2003}} ekanligi haqida ma'lumotlar mavjud. Ko'rinishidan, uning kelib chiqishi yunon qizi  haqidagi birinchi xabar italiyalik sayohatchi Pietro della Vallening maktubida bo'lgan. 1615-yil 25-oktabrda Istanbuldan Ko‘sem Sulton haqida shunday yozgan edi: “U, agar to‘g‘ri tushunsam, Konstantinopoldan ikki yuz chaqirim uzoqlikdagi uzoq mamlakat yoki shahardan kelgan yunon ruhoniyining qizi edi” {{Sfn|Viaggi, vol.1|1843}} . Uning nasroniylikdagi ismi noma'lum {{Sfnm|İlgürel|2002|Tezcan|2008|Somel|2003|Britannica}}, lekin keng tarqalgan taxminlarga ko'ra (nodavlat manbalarda belgilangan {{Sfn|Bosworth|1986}} ) uning ismi Anastasiya {{Sfnm|Sonyel|1993|Gibb|1954|Davis|1970}} ekanligini aytiladi. Aytilishicha, u Bosniya sanjakbeyi{{Sfnm|Sonyel|1993|Augustinos|2007}} tomonidan qul sifatida sotib olingan va o'n besh yoshida haramga keltirilgan{{Sfnm|Davis|1970|Augustinos|2007}}. An'analarga muvofiq unga "oy yuzli" degan ma'noni anglatuvchi Mohpaykar ismi berildi. Keyinchalik unga boshqa ismi - Kösem, ya'ni "eng sevikli" degan ma'noni anglatuvchi ism sulton [[Ahmad I|Ahmad]] tomonidan berilgan{{Sfnm|Davis|1970|Augustinos|2007}}. Kösem ismining boshqa talqinlari ham mavjud. Usmonli tilini o'zi o'rgangan Pietro della Valle bu ism "sochsiz" degan ma'noni anglatadi, deb yozgan ( {{Lang-tr|köse}} - sochsiz, soqolsiz) tanasida tuklar bo'lmagani uchun shu nomni olgan bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, [[Islom ensiklopediyasi|Islom entsiklopediyasiga]] ko'ra, Usmoniycha ''kosem/kösemen'' "rahbar, to'da boshlig'i, erkin, mustaqil" {{Sfnm|Viaggi, vol.1|1843|Bosworth|1986}} ma'nolarini anglatishi mumkin.

Ahmad 14 yoshida sulton bo‘ladi/ Bu vaqtda  uning hali kanizaklari va bolalari yo‘q edi, bu sulola uchun xavfli edi. Shu bois an’anaga xilof ravishda uning ukasi Mustafo tirik qoldirildi va merosxo‘rlarni dunyoga keltirish yosh sultonning asosiy vazifasiga aylandi. Unga volida sulton tomonidan  kanizaklar taqdim etildi. Kösem Ahmadning haramiga keltirilganida, uning haramida bitta suyukli joriyasi ( haseki ) bor edi. Ahmadning to'ng'ich o'g'lini [[Usmon II|Usmon]] 1604 yilda Mohfiruz tomonidan dunyoga keltirilgan ya'ni Ko'semning to'ng'ich o'g'li Mehmed tug'ilishidan bir necha oy oldin tug'ilgan. Lesli Pirsning yozishicha, Kösem Sulton kanizaklarning ikkinchi yoki uchinchisi edi{{Sfn|Peirce|1993}}. Ehtimol, boshida Ko'sem haramda alohida mavqega ega bo'lmagan, chunki  Mahfiruz Usmondan tashqari yana kamida bitta o'g'il tug'ib bergan bo'lishi mumkin. Pietro della Vallening yozishicha Sultonning ikki xotinidan to'rtta o'g'li borligini yozib qoldirgan{{Sfn|Viaggi, vol.1|1843}}. Ko‘sem o‘zining aql-zakovati va go‘zalligi tufayli Ahmadning sevimli hasekiga aylangan{{Sfn|Bosworth|1986}}, 1610-yillarning o‘rtalarida Ko‘semning ta’siri ostida  Sulton Ahmad I Mohfiruzni Eski Saroyga jo‘natadi. Venetsiya elchisi Kontarini 1612 yilda sulton Ko‘semni g‘azablantirgan ayolni kaltaklagani haqida xabar berganida u Mohfiruzni nazarda tutgan{{Sfn|Peirce|1993}}. Ko‘sem sultonga ko‘p farzandlar tug'ib bergan, so'ngra qizi va nabiralarini yuqori mansabli amaldorlarga uzatish orqali katta ta'sirga ega bo'lgan{{Sfn|Peirce|1993}}.

=== Mustafo I va Usmon II davrida ===
Ahmad I davrida Kösem siyosiy sohada unchalik katta ta'sirga ega emas edi. 1617-yil 22-noyabrda Sulton Ahmad I vafotidan soʻng uning ukasi [[Mustafo I]] taxtga oʻtirildi, u Usmonli saroyi anʼanalariga zid ravishda Ahmad taxtga oʻtirgan paytda tirik qoldirilgan. Bu birinchi navbatda, Ahmadning 14 yoshida taxtga o'tirganida farzandlari yo'qligi bilan izohlanadi, demak, uning o'limi bilan sulola tugatilishi mumkin edi. Bundan tashqari ya'na ikkita omil bor edi: birinchidan, Mustafo aqlan zaif yoki ruhiy kasallikka chalingan bo'lib u isyon nuqtai nazaridan xavfli emas edi; ikkinchidan, Mustafoni o'limdan  Ko‘sem saqlab qolgan. 1612 yilda Venetsiya elchisi Simon Kontarini Kösem Ahmadni Mustafoni qatl qilmaslikka ko'ndirganini yozib qoldirgan. Kontarinining so'zlariga ko'ra, "Ahmadning ukasiga ko'rsatilgan rahm-shafqati keyinchalik uning farzandlari  va boshqa shahzodalarga nisbatan tadbiq qilinishi"ni istagan{{Sfn|Peirce|1993}} .{{Ikki tomonlama tasvir|право|Mustafa 1.jpg|120|Genç Osman.JPG|107|Слева [[Мустафа I]], справа [[Осман II]]}}Mustafo taxtga o'tirganidan so'ng, Ko'sem Sulton vafot etgan sultonlarning barcha kanizaklari va qizlari jo'natiladigan eski saroyga{{Sfn|Peirce|1993}} yuboriladi. 1618-yil 26-fevralda Mustafo taxtdan agʻdariladi. Uning o'rniga Ahmadning 14 yoshli o‘g‘li [[Usmon II|Usmon]] sulton bo‘ladi. Usmonning onasi erta vafot etganligi haqida 1615 yilda Pietro della Valle "Sultonning to'ng'ich o'g'lining onasi vafot etgan" deb yozib qoldirgan{{Sfn|Viaggi, vol.1|1843}}.  Ko'sem-Sulton Usmon bolaligidanoq u bilan do'stona munosabatlar o'rnatishga harakat qiladi. Usmon o'gay onasiga hurmat ko'rsatadi, hattoki 1619 yilda Eski Saroyga uch kunlik tashrif bilan Ko'sem sultonni ziyorat qilishga boradi. Shunga qaramay, Usmon Xotin urushiga jo‘nab ketishdan oldin Ko‘semning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Mehmedni{{Sfn|Peirce|1993}} qatl qilishga buyuradi. Usmonli qo'shini Xotin jangida mag'lubiyatga uchraydi, va bu bilan sulton va [[Yanicharlar|yangisarlar]] o'rtasidagi ziddiyat kelib chiqadi. 1622-yil 19-mayda Mustafoning onasi [[Halima Sulton|Halime Sulton]] va uning kuyovi Qora Dovut posho tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qoʻzgʻolon natijasida Usmon taxtdan agʻdarilib, asirga olinadi, so'ng Yedikoʻlda qamoqqa tashlanadi. 20-mayda esa sulton Usmon II oʻldirilgan{{Sfnm|Imber|2009|Финкель|2012}}.{{Sfnm|Imber|2009|Финкель|2012}}. Usmonning  garchi haramda bir nechta hasekalari bo'lgan bo'lsa ham uning farzandlari bo'lmagan. Mustafo yana taxtga o'tiradi va onasi Halima yana [[Volida Sulton|Valide]] unvonini oladi. Sulishovskiy bu voqealar haqidagi hisobotida shunday deb yozgan edi: “Toʻrt kundan beri davom etgan gʻalayon , goʻyo notinchlik boʻlmagandek darhol toʻxtaydi”{{Sfn|Сулишовский|1984}}. Bu Kosem uchun og‘ir davrlar edi, chunki “Dovud Poshoning Sulton [Mehmed III] qizidan ikki o‘g‘li bor edi va agar Sulton Ahmadning omon qolgan o‘g‘illari o'ldirilsa, uning farzandlari taxt tepasiga kelishi mumkin edi. Shuning uchun u Ko'semning  o'g'li Murodga suiqasd uyushtiradi. Zbarajskiy bu voqealarni quyidagicha ta’riflagan: “Vazir, birinchi navbatda, saroyda katta kuchga ega bo‘lgan amaldor Kapi-og‘ani Murodni bo‘g‘ib o‘ldirish uchun yuboradi. Biroq,Ko'sem bu xabardan ogohlantirish olganmi yoki o'zi buni taxmin qilganmi, saroy hojilari, xizmatkorlari yordamida o'g'lining qotilligining oldini oladi. Kapi-og'ani o'zi esa bo'g'ib o'ldiriladi {{Sfn|Збаражский|1984}} 

Mustafoning ikkinchi hukmronligi 1623 yil 10 sentyabrgacha davom etdi. Bu notinch davr edi: Abaza posho qo‘zg‘olon ko‘tarib, Usmon II qotillarini jazolashni talab qiladi. Halima sulton va vazir Qora Dovud Posho hukmronligidan norozi bo‘lganlar ko‘payib borardi. 13 iyunda qo'zg'olonchilarni tinchlantirish uchun Halima volida sulton Qora Dovut poshoni lavozimidan chetlatadi, ammo bu chora mojaroni bartaraf etmadi va dekabrda [[Sipohiy|sipohiylar]] qo'zg'olonga qo'shilishadi. 1623 yilning yanvariga kelib, vazirlar Usmonning qotillarini jazolashni talab qilishdi. Sobiq sultonning o‘ldirilishida ishtirokchilari uchun qo'zg'olon  boshlanganda, Dovut posho To‘pqopi saroyi haramidagi shkaflarning birida yashiringan holida topilib, asirga olinadi va Yedikulga jo‘natiladi. 7 yanvarda devon kengashi Qora Dovut poshshoni qatl etishga qaror qiladi va 1623 yil 18 yanvarda hukm ijro etiladi. Shunga qaramay, Halima Sultonning vaziyatni o'nglash va Mustafoni qurbonliklar evaziga taxtda saqlab qolish uchun qilgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Abaza posho 1623 yil may oyida qirq minglik qo'shini bilan Anqarani qamal qiladi{{Sfn|Финкель|2012}}. 1623 yil 30 avgustda Kamonkash Qora Ali poshsho vazir etib tayinlanadi, u [[Ulamo|ulamolar]] yordamida Halima Sultonni Mustafoni qutqarish sharti bilan oʻz oʻgʻlini taxtdan tushirishga koʻndirishga muvaffaq boʻldi{{Sfn|Börekçi|2009}}. Natijada, 1623 yil 10 sentyabrda Usmonli taxtiga [[Ahmad I]] va Ko‘semning o‘g‘li o‘n bir yoshli [[Murod IV]] o‘tiradi {{Sfn|İlgürel|2002}} . Ko'sem esa Volida Sulton maqomi bilan eski saroydan to'ppa-to'g'ri To'pqopi saroyiga ko'chib o'tadi. Halima esa eski saroyga jo'natiladi, Mustafo yana qafasga yuborildi va u erda umrining qolgan qismini o'tkazadi{{Sfn|Börekçi|2009}}. Umumiy hisob bilan, Ko‘sem Sulton Eski Saroyda olti yilga yaqin yashagan{{Sfn|İlgürel|2002}}.

=== Volida Sulton ===
{{Ikki tomonlama tasvir|право|IV. Murat.jpg|120|Ibrahim I.jpg|107|Сыновья Кёсем, ставшие султанами. Слева [[Мурад IV]], справа [[Ибрагим I]]}}Murod taxtga oʻtirgandan soʻng Koʻsem Sulton davlat toʻntarishini uyushtirganlikda gumon qilinib, [[Shayx ul-islom|Shayxul-Islom]] oldida oʻzini oqlashga majbur boʻladi. Murod IV bor-yoʻgʻi oʻn bir yoshida sulton boʻldi va shuning uchun 1632 yilgacha saltanat Koʻsem va uning tarafdorlari tomonidan boshqarib kelingan.To Murodning o'zi hukmronlikni to'liq qo‘lga kiritgunicha Ko‘semning o‘zi rasman regent unvoniga ega bo‘lib, besh yil{{Sfn|Peirce|1993}} davlatni boshqaradi. Keyinchalik onasini davlat ishlaridan chetlatadi{{Sfn|Bosworth|1986}}. Biroq, sulton onasining  tajribasini va aql-zakovatini qadrlab, uning fikrini tinglab keladi. Bundan tashqari, Murodning tez-tez harbiy yurishlari paytida Ko'sem davlat boshqaruvida ishtirok etardi. Hattoki Murod barcha ukalarini qatl etishni buyurganida, u [[Ibrohim I|Ibrohimni]] qutqarishga muvaffaq bo'ladi{{Sfn|Bosworth|1986}}.

1640-yilda sulton Murod uzoq davom etgan jigar sirrozidan vafot etadi. Ibrohim I sulolaning yagona vakili sifatida uning o‘rniga taxtga o‘tiradi, chunki Murodning o‘g‘illari yo‘q edi. Ibrohim hukmronlik qilgan dastlabki yillarida hokimiyat yana Ko‘semning qo‘lida edi. Kelgusida ona va o'g'il o'rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Ibrohimning ruhiy holati, shuningdek, Usmonli davlatining ichki nizolari salbiy tarafga qarab o'zgaradi. Ibrohim kanizaklarning ta’siriga tushib,  onasini To‘pqopi tashqarisidagi yozgi bog'ga jo‘natadi. Shunda Ibrohim oradan ma'lum vaqt o'tgach Ko‘sem va bosh vazir uni taxtdan tushirishni rejalashtirayotganini bilib, vazirni qatl qiladi va onasini Iskandar-chelebiy bog‘ga surgun qiladi{{Sfnm|Bosworth|1986|Peirce|1993}}. Ibrohimning Venetsiya bilan boshlagan Qandyon urushi aholining noroziligini keltirib chiqaradi{{Sfn|Bosworth|1986}} va 1648 yilga kelib barcha saroy ayonlari, shu jumladan Kosemning oʻzi ham sultonni taxtdan agʻdarish zarur degan xulosaga kelishadi{{Sfn|Финкель|2012}}. Natijada 1648 yil 8 avgustda sulton taxtdan ag‘dariladi va bir necha kundan so‘ng fatvoga ko‘ra o‘ldirildi{{Sfn|Thys-Şenocak|2006}}. Ulkan saltanatning boshiga vafot etgan sultonning 7 yoshli o'g'li va Kösemning nevarasi  [[Mehmed IV|Mehmed]] IV keladi. Mehmed taxtga o'tirishi bilan uning onasi [[Hatice Turhan Sultan|Turxon]] [[Volida Sulton|Volida]] unvonini olgan bo'lsa ham barcha imtiyozlar Kösemga nasib qiladi va uning o'zi "Buyuk volida (eski valide)" unvonini oladi. Tajribasizligi va yoshligi tufayli - Turxon o'sha paytda  yigirma yoshlar atrofida edi: uni tajribali Ko'sem{{Sfnm|Финкель|2012|Peirce|1993}} hokimiyatdan chetlatadi. Hatto o'sha vaqtda Turxon 2000 asper olardi, Kösem esa 3000 asper olardi{{Sfn|Peirce|1993}} .

Nafsoniyatli Turxon jangsiz taslim bo‘lishni xohlamadi. Kösem hokimiyat tepasida yana uch yil o'tigan vaqtd Turxon o'z atrofida ko'plab tarafdorlarni to'plashga muvaffaq bo'ldi, ular orasida Haram og'alarilar boshlig'i va Bosh vazir ham bor edi. Kösem sulton tarafida esa yanicharlar turardi. Kösem amaldagi regentlik vazifalarini to'liq bajarib turganiga qaramasdan, yangichalarning mamlakat siyosatiga katta ta'siri tufayli xalq orasida tartibsizliklar boshlanadi{{Sfn|Peirce|1993}}. Bosh vazir Melek Ahmad Posho va yangichalarning  rahbariyati tomonidan xazina taqchilligini yopish uchun koʻrilgan choralarga qaramasdan 1651-yil avgustida poytaxtda gʻalayonga ko'tariladi{{Sfn|İlgürel|2002}}. Turxon maxfiy ravishda qo'zg'olonchilarni qo'llab-quvvatlab turgan.{{Ikki tomonlama tasvir|право|Murder of Kösem Sultan.jpg|220|Exécution de la Reine Kiosem.png|350|Убийство Кёсем-султан.<br> Гравюры из немецкого (1694) и французского (1670) изданий «Истории» Поля Рико{{sfnm|Rycaut|1670|Rycaut|1694}}.}}Taxminan o'sha paytda [[Saliha Dilaşub Sultan|yangichalar Ko'sem-Sultonning]] roziligi bilan Mehmed IVni zaharlashi va taxtga uning boshqa nabirasi Shahzoda [[Sulaymon II|Sulaymonni]] o'tqazishni rejalashtiradi. Turxon esa bu rejalardan xabardor bo'lib qoladi ikki sulton xonimlar o'rtasidagi adovat kuchayib ketadi. . Unga bu xabarni Ko‘semning kanizaklaridan biri bo‘lgan, qo‘sh malay bo‘lib chiqqan Melek-xotun yetkazadi. Uch yillik davom etgan kurash Turxon sultonning g'olib bo'lishi bilan tugaydi. 1651-yil 3-sentyabrga o‘tar kechasi Ko‘sem Sulton haramda Turxon tarafdorlari tomonidan o‘ldiriladi, ammo bu qotillik aynan Turxon sulton{{Sfnm|Peirce|1993|Финкель|2012|Carsten|1961}}ning bevosita buyrug‘i bilan sodir etilganmi yoki yo‘qmi, aniq emas. O'sha paytda [[Shayx ul-islom|shayxul-islom]] bo'lgan tarixchi {{Tarjima qilinmagan 5|Карачелебизаде Абдулазиз-эфенди|Карачелебизаде|tr|Karaçelebizade Abdülaziz Efendi}} so'zlariga ko'ra, Ko'semning qotili Uzun Sulaymon og'a va uning gumashtalari bo'lgan. Ular Ko‘semni haramdagi shkaflardan birida yashiringan holda topib, uni parda arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirishgan. Ko‘sem sulton tarixda o'ldirilgan yagona volida sulton bo'lgan. Ba'zi manbalarda uni "Shaxid bo'lgan volida" sifatida yozib qoldirilgan.  Uning jasadi dastlab Eski Saroyga olib borilgan va shundan so'ng [[Ahmadiya masjidi|Sulton Ahmet masjidida]] Ahmad I yoniga dafn etilgan{{Sfn|İlgürel|2002}}.

Shubhasiz, uning o'g'illari sultonlar [[Murod IV]] va [[Ibrohim I]] va shahzoda Qosim, qizlari esa Oysha, Atike, Gavharxon va Fatma sultonlar edi. Nisbatan shahzoda Mehmed, Sulaymon, Xonzoda, Atike va Gevherxonlari haqida tadqiqotchilarning fikrlari turlicha. Ko‘sem sulton qizlarini nufuzli amaldorlarga erga berib, saroyda o'z mavqeyeni mustahkamlagan{{Sfn|Peirce|1993}} .

* Shahzade Mehmed {{Sfn|Tezcan|2008}}
* Shahzoda Sulaymon {{Sfn|Alderson|1956}} (Lesli Pirs uni Ko‘sem Sultonning taxminiy o‘g‘li deb hisoblaydi) {{Sfn|Peirce|1993}}
* [[Murod IV]] {{Sfnm|Peirce|1993|Alderson|1956}}
* Shahzode Qosim {{Sfnm|Peirce|1993|Alderson|1956}}
* [[Ibrohim I]] {{Sfnm|Peirce|1993|Alderson|1956}}

Qizlari:

* Oyshe Sulton {{Sfnm|Peirce|1993|Alderson|1956}}
* Fatma Sulton {{Sfnm|Peirce|1993|Alderson|1956}}
* Gevherxon Sulton {{Sfnm|Peirce|1993|Alderson|1956}}
* Xonzoda Sulton {{Sfn|Peirce|1993}}
* Atike Sulton {{Sfn|Alderson|1956}}

== Shaxsiyati ==
Usmonli imperiyasining tarixiy lug'atida Kösem saroyning eng nufuzli ayollaridan biri deb ataladi{{Sfn|Somel|2003}}. Ko'sem Sulton nafaqat sevimliligi bilan, balki go'zal va aqlli ayol sifatida tasvirlangan. Pietro della Valle u haqida "chiroydan ko'ra muloyimliligi shirinroq" ekanligini yozgan{{Sfn|Viaggi, vol.1|1843}}. 1612 yilda Venetsiya elchisi Simon Kontarini Kosemni "chiroyli va zukko va bundan tashqari ... ko'plab iste'dodlarga ega ... U go'zal kuylaydi, rasqga tushadi, natijada u sultonning sevgisidan bahramand bo'lishini davom ettiradigan ayol" deb ta'riflagan. Har doim uni hurmat qiladi, ba'zi hollarda uni tinglaydi va u doimo uning yonida bo'lishini xohlaydigan hukmdorning sevimlisi edi. Ko'sem ham o'zini katta ehtiromi bilan sultonni tinglardi. [[Ahmad I|Sulton bilan]] shaxsiy ishlar va davlat ishlari haqida tez-tez suhbatlashardi. Kontarinining elchi vorisi Kristofer Valye 1616 yilda Kosem haqida shunday yozgan edi: "U Sulton bilan xohlagan ishini qila olardi va uning qalbini butunlay zabt etgandi; unga hech narsada rad javobini aytmas edi"{{Sfn|Peirce|1993}}. Simon Contarini 1645 yilda u haqida shunday yozib qoldirgan edi: "Ko'sem Sulton bosh malika, mashhur, keksa bo'lsa ham, lekin hali hamon go'zalligini yo'qotmagan edi"{{Sfn|Sakaoğlu|2008}}. .

Ko'sem Sulton [[Volida Sulton|hokimiyat tepasiga]] kelgach, yigirma besh yil Murod IV va Ibrohim I qo‘l ostida Volida sulton sifatida mamlakatni boshqardi, yana uch yil nabirasi Mehmed IV qo‘li ostida “Buyuk volida” ( ''buyuk valide'' ) unvoniga ega bo‘ldi{{Sfnm|Peirce|1993|Bosworth|1986}} . Ovrupoliklar [[Hurram Sulton|Aleksandra Anastasiya Lisovskani]] ko'proq eslashadi, ammo turklar Kösemni ayollarning eng qudratlisi deb bilishadi. Pirs Kösemni "Ayollar Saltanatidan bo'lgan yorqin va nufuzli hasekilarning oxirgisi" deb ataydi{{Sfn|Peirce|1993}}. Kösem "fitna va fitnalarga mohir" edi{{Sfn|Augustinos|2007}}, u ikkala o'g'ilni taxtga chiqargan va merosxo'rlik tartibini o'zgartirganligi{{Sfn|Peirce|1993}} bilan tarixga muhrlangan.

“Islom entsiklopediyasi”ga koʻra, u oʻzidan “saxovatli, bag'ri keng va yuksak aqlli” ayol sifatida xotirasini qoldirgan {{Sfn|Bosworth|1986}} .

=== Tasvirlar ===
{{Multiple image}}Ovrupoliklar Ko‘sem Sultonning tashqi ko‘rinishi bilan doimo qiziqib kelgan. Shuning uchun, uning tasvirlari yo'qligi sababli, boshqa odamlarning tasvirlari Kosemning portretlari sifatida berila boshlandi. 1688 yilda [[Gamburg|Gamburgda]] Thesaurus exoticorum nashr etildi. Mualliflar Ko‘sem Sultonning sur'ati sifatida “Zelome Sultane”{{Sfn|Happel, Lange|1688}} imzosi bilan o‘ymakorlikni qo‘yishgan. Biroq, bu 1583 yilda vafot etgan Melchior Lorka{{Sfn|Zelome Sultane}} ning ishi{{Sfn|Fischer|2009}} bo'lishi mumkin.

Kösem tasviri sifatida Sultonning haramida oʻgʻli bilan yashagan va 1644-yilda Malta ritsarlari{{Sfnm|Lotichius|1707|Mignot|1787}}  {{Tarjima qilinmagan 5|Происшествие 28 сентября 1644 года|попала в плен|en|Action of 28 September 1644}} Qizilyar ogʻaning quli [[Mehmed IV]] enagasi tasviri ishlatilgan. Ko'sem Sulton asosan xalq va badiiy adabiyotda{{Sfnm|Ерёмин|2013|Фрили|2017|Koçu|2015|Altınay|2015|Subaşı|2017|Afyoncu|2015|Taylan|2015|Sakaoğlu|2015}} .

2012-yil 4-oktabrda Sotheby'sda chaqaloqni emizayotgan ayolning nomsiz surati sotildi. Sotheby's ekspertlarining fikriga ko'ra, u 17-asrning ikkinchi choragiga tegishli bo'lib, rasm muallifi Frants Hermann va Hans Gemmingerning noma'lum rassomi{{Sfn|KÖSEM SULTAN}}. Bular 1628 yilda Ferdinand II tomonidan [[Murod IV]] ga yuborilgan elchixona delegatsiyasi tarkibida boʻlgan avstriyalik rassomlardir{{Sfn|Ådahl|2006}} . Rasmga ilova qilingan xulosaga koʻra, unda “Koʻsem yoki Mahpeyker Sulton nomi bilan mashhur boʻlgan Sulton Ahmad 1 (1603–1617) ning oʻgʻli, boʻlajak Sulton [[Murod IV]] (1623–1640) yoki boʻlajak sultonni emizayotgan suyukli rafiqasi tasvirlangan. Ibrohim (1640–1648)” bo'lgan{{Sfn|KÖSEM SULTAN}}. Bunday xulosaga nima asos bo'lgani noma'lum. Ko‘sem 1628-yilda emizikli ona bo‘lmagandi: Ibrohim 1615-yilda, Murod 1612-yilda tug‘ilgan, san’at ustalari Istanbulga yetib kelganda Ko‘semning o‘g‘illari 16 va 13 yoshda edi{{Sfn|İlgürel|2002}} .

Ilber Ortailaning “ Milliyet ” gazetasida chop etilgan maqolasida Kösem obrazi sifatida Jozefina Grassini portreti tasvirlangan{{Sfn|Ortaylı||}}.

== Xayriya ishlari ==
Ko'sem Sulton Uskudarda masjid qurilishining tashabbuskori bo'lgan. Bu Murod IV{{Sfn|İlgürel|2002}} davrida qurilgan yagona masjiddir.

== Madaniyatda ==
Ko‘sem Sulton ko'p kitoblardagi bosh qahramon hisoblanadi.

* Madlen de Gomes tomonidan 1722 yilda yozilgan "Anekdotlar, ou Histoire secrette de la maison ottomane" psevdotarixiy asarida ikki bob Ko'sem-Sultonga bag'ishlangan{{Sfn|Gomez|1722}}. U P. P. Ostrogorskiy tomonidan tarjima qilingan va 1787 yilda Rossiyada “Usmonli saroyining hazillari yoki eng unutilmas tarixiy maxfiy aktlari”{{Sfn|Рак}} nomi bilan nashr etilgan.
* {{Tarjima qilinmagan 5|Решат Экрем Кочу|Решат Экрем Кочу|tr|Reşat Ekrem Koçu}}  {{Sfn|Koçu|2015}}, {{Tarjima qilinmagan 5|Ахмет Рефик Алтынай|Ахмет Рефик Алтынай|tr|Ahmet Refik Altınay}}  {{Sfn|Altınay|2015}}, {{Tarjima qilinmagan 5|Эбубекир Субаши|Эбубекир Субаши|tr|Ebubekir Subaşı}}  {{Sfn|Subaşı|2017}}, {{Tarjima qilinmagan 5|Эрхан Афионджу|Эрхан Афионджу|tr|Erhan Afyoncu}}  {{Sfn|Afyoncu|2015}} kabi ko'plab mualliflar kitob yozishgan.

Ko'sem Sulton - filmlar va seriallarning bosh qahramoni yoki personalidit:

* Genc ''Usmon'' (1962) Kösem filmida Mukhterem Nur  Ko'sem sulton rolisifatida{{Sfn|Genç Osman}} .
* ''Murod IV'' (1981) haqidagi kinoda Kösem ro'lini Ayten Gökcher{{Sfn|IV.Murad}} o'ynagan.
* ''{{Tarjima qilinmagan 5|Стамбул под моими крыльями||tr|İstanbul Kanatlarımın Altında}}''  (1996), as Kösem ro'lida {{Tarjima qilinmagan 5|Зухал Олджай||tr|Zuhal Olcay}}  {{Sfn|Istanbul Kanatlarimin Altinda}} .
*  ''Mahpeyker'' (2010), filmida  Kösem ro'lini [[Damla Sönmez]] (yosh Ko'sem) va Selda Alkor (qari Ko'sem)rolida {{Sfn|Mahpeyker - Kösem Sultan|}} .
* ''[[Koʻsem (teleserial)|Muhtasham yuz yil. Kösem imperiyasi,]]'' turli yoshdagi Kösem rolida Anastasiya Tsilimpiu, [[Beren Saat]] va Nurgul Yesilchay o'ynashgan{{Sfn|Muhteşem Yüzyıl: Kösem|}}.

== Shuningdek qarang ==

* Usmonli imperiyasi sultonlarining onalari ro'yxati
* [[Ayollar saltanati|Ayol sultonligi]]
* Mahpeyker Kösem Valide Sulton masjidi

== Eslatmalar ==
{{Manbalar|20em}}

== Adabiyot ==

=== Rus tilida ===
{{Refbegin|2}}
* {{Книга|автор=Збаражский К.|заглавие=Османская империя в первой четверти XVII века|часть=Донесение о посольстве князя К. Збаражского в Турцию|место=М.|издательство=[[Наука (издательство)|Наука]]|год=1984|ссылка часть=http://vostlit.narod.ru/Texts/rus9/Zbarazskij/text1.htm|ответственный=Хаджи М. Ибрагимбейли, пер. Н. С. Рашбы|страниц=211|серия=|isbn=|ref=Збаражский}}
* {{Книга|автор=Сулишовский С.|заглавие=Османская империя в первой четверти XVII века|часть=Письмо посла Сулишовского из Константинополя подчашему коронному игетману польному Станиславу Любомирскому|место=М.|издательство=Наука|год=1984|ссылка часть=http://vostlit.narod.ru/Texts/Dokumenty/Polen/XVII/1620-1640/Sulischowskij/text.htm|ответственный=Хаджи М. Ибрагимбейли, пер. Н. С. Рашбы|страниц=211|серия=|isbn=|ref=Сулишовский}}
* {{Книга|автор=Финкель К.|заглавие=История Османской империи: Видение Османа|место=М.|издательство=[[АСТ (издательство)|АСТ]]; Астрель|год=2012|страниц=829|серия=|isbn=978-5-17-043651-4|ref=Финкель}}

=== На иностранных языках ===
* {{Книга||автор=|заглавие=Encyclopaedia of Islam|ответственный=Bosworth C.E|ссылка=http://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=kosem&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&s.rows=20&search-go=Search|место=|volume=V (Khe-Mahi)|издательство=[[Brill Publishers|Brill Archive]]|год=1986|allpages=1333|isbn=9004078193|ref=Bosworth}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Ådahl K.|заглавие=The Sultan's Procession: The Swedish Embassy to Sultan Mehmed IV in 1657-1658 and the Rålamb Paintings|ссылка=https://books.google.ru/books?id=j-WSuPRm_rsC&dq=The+Sultan%27s+Procession:+The+Swedish+Embassy+to+Sultan+Mehmed+IV+in+1657&hl=ru&source=gbs_navlinks_s|место=Oxford|издательство=Swedish Research Institute in Istanbul|год=2006|allpages=343|isbn=9186884182|ref=Ådahl}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Alderson Anthony Dolphin|заглавие=The Structure of the Ottoman Dynasty|ссылка=https://ia801500.us.archive.org/11/items/in.ernet.dli.2015.69864/2015.69864.Structure-Of-The-Ottoman-Dynasty.pdf|место=Oxford|издательство=[[Clarendon Press]]|год=1956|allpages=186|isbn=|ref=Alderson}}{{Ref-en}}
* {{Статья}}{{Ref-en}}
* {{Книга|часть=Mustafa I|автор=Börekçi G.|заглавие=Encyclopedia of the Ottoman Empire|ответственный=Agoston G., Masters B.A.|ссылка=https://books.google.ru/books?id=QjzYdCxumFcC|место=New York|издательство={{iw|Infobase Publishing}}|год=2009|том=|allpages=689|pages=|isbn=1438110251|ref=Börekçi}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=Carsten, F. L.|заглавие=The New Cambridge Modern History|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?id=FzQ9AAAAIAAJ|место=|издательство=[[CUP|CUP Archive]]|год=1961|том=V. The Ascendancy of France, 1648-88|allpages=658|pages=505—506|isbn=0521045444|ref=Carsten}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Colin Imber|заглавие=The Ottoman Empire, 1300-1650: The Structure of Power|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?id=YeccBQAAQBAJ|место=New York|издательство=[[Palgrave Macmillan]]|год=2009|том=|allpages=448|pages=66—68, 97—99|isbn=1137014067|ref=Imber}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Davis F.|заглавие=The Palace of Topkapi in Istanbul|издательство=[[Scribner’s]]|год=1970|pages=227–228|ref=Davis}}{{Ref-en}}
* {{Статья}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=Fischer|заглавие=Melchior Lorck: Biography and Primary Sources|ссылка=https://books.google.ru/books/about/Melchior_Lorck_Biography_and_primary_sou.html?id=zdZIAQAAIAAJ&redir_esc=y|место=Copenhagen|издательство=The Royal Library Vandkunsten Publishers|год=2009|серия=Melchior Lorck|volume=I|allpages=331|isbn=8791393612|ref=Fischer}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Happel E.W., Lange J.|заглавие=Thesaurus exoticorum|ссылка=https://archive.org/stream/thesaurusexotico00happ#page/134/mode/2up/search/zelome|место=Hamburg|издательство=Gedruckt und Verlegt durch Thomas von Wiering, Buchdrucker und Formschneider bey der Börse|год=1688|том=|isbn=|ref=Happel, Lange}}{{Ref-de}}{{ref-lat}}
* {{Статья}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=Lotichius J. P.|заглавие=Theatri Europaei Fünffter Theil/ Das ist: Außführliche Beschreibung Aller Denckwürdigen Geschichten/ Die sich in Europa, Als Hoch- und Nieder-Teutschland/ Franckreich/ Hispanien/ Jtalien/ Groß-Britannien/ Dennemarck/ Schweden/ Polen/ Moscaw/ Böhmen/ Hungarn/ Siebenbürgen/ Wallachey/ Moldaw: Jn der Türckey und Barbarey … vom Jahr 1643. biß ins 1647. Jahr/ allerseits begeben und verlauffen / [Johann Peter Lotichius]|ответственный=|ссылка=https://www.dilibri.de/rlbdfg/content/pageview/644264|место=Franckfurt am Mayn|издательство=Andreä|год=1707|том=|allpages=|страницы=645, 831, 832|isbn=|ref=Lotichius}}{{ref-lat}}
* {{Книга|автор=Mignot V., Hawkins A.|заглавие=The History of the Turkish, Or Ottoman Empire,: From Its Foundation in 1300, to the Peace of Belgrade in 1740. To which is Prefixed An Historical Discourse on Mahomet and His Sucessors|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?id=g-EpAAAAYAAJ|место=|издательство=Scatcherd and Whitaker|год=1787|том=3|allpages=|страницы=|isbn=9754378401|ref=Mignot}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Peirce Leslie P.|заглавие=The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?id=L6-VRgVzRcUC|место=Oxford|издательство=[[Oxford University Press]]|год=1993|allpages=374|pages=|isbn=0195086775|ref=Peirce}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Poisson de Gomez M.A.|заглавие=Anecdotes, ou Histoire secrète de la maison ottomane|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?id=wdcDAAAAQAAJ|место=Amsterdam|издательство=F. L'Honoré|год=1722|том=4|allpages=194|pages=|isbn=|ref=Gomez}}{{Fr icon}}
* {{Книга|автор={{нп5|Рико, Поль|Rycaut P.|en|Paul Rycaut}}|заглавие=Histoire de l'état présent de l'Empire Ottoman: contenant les maximes politiques des Turcs …|ответственный=|ссылка=http://gallica.bnf.fr/ark:/12148/btv1b2300060v/f2.item|место=Amsterdam|издательство=Abraham Wolfgank|год=1670|том=3|allpages=495|pages=|isbn=|ref=Rycaut}}{{Fr icon}}
* {{Книга|автор=Rycaut P.|заглавие=The History of the Present State of the Ottoman Empire: Containing The Maxims of the Turkish Polity, the Most Material Points of the Mahometan Religion, Their Sects and Heresies, Their Convents and Religious Votaries. Their Military Discipline, with an Exact Computation of Their Forces Both by Sea and Land … In Three Books|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?id=bP3Uo8q1AXsC|место=|издательство=R. Clavell, J. Robinson and A. Churchill|год=1686|том=|allpages=406|pages=|isbn=|ref=Rycaut}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Rycaut P., [[Сагредо, Джованни|Sagredo, Giovanni ]]|заглавие=Die Neu-eröffnete Ottomannische Pforte: Bestehend: Erstlichen, In einer … Beschreibung Deß gantzen Türckischen Staats- und Gottesdiensts|ответственный=|ссылка=http://digi.ub.uni-heidelberg.de/diglit/rycaut1694bd1/0674/image|место=|издательство=Augsburg Johann Jacob Schönig (Johann Christoph Wagner Bd 2) für Lorentz Kroninger und Gottl Göbels seel Erben|год=1694|том=1|allpages=|pages=496|isbn=|ref=Rycaut}}{{Ref-de}}
* {{Книга|автор=Sakaoğlu Necdet|заглавие=Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler|ссылка=|издательство=Alfa Basım Yayım Dağıtım Ltd|год=2015|isbn=978-605-171-079-2|ref=Sakaoğlu}}
* {{Книга|автор=Somel S. A.|заглавие=Historical Dictionary of the Ottoman Empire|издательство=The Scarecrow Press, imprint of [[Rowman & Littlefield]]|год=2003|allpages=512|isbn=0810866064|ссылка=https://books.google.ru/books?id=jGZQL41tg_oC&pg=PR37&redir_esc=y#v=onepage&q=kosem&f=false|ref=Somel}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Sonyel S. R.|заглавие=Minorities and the destruction of the Ottoman Empire|издательство=Turkish Historical Society Printing House|год=1993|isbn=975-16-0544-X|ссылка=https://books.google.ru/books?redir_esc=y&hl=ru&id=_W2KAAAAMAAJ&focus=searchwithinvolume&q=+K%C3%B6sem+Sultan+Anastasia|ref=Sonyel}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Süreyya, Mehmed Bey|заглавие=Sicill-i Osmani|ответственный=haz. Nuri Akbayar|ссылка=https://ia801403.us.archive.org/1/items/sicill-i.osmani_01/Sicill-i.Osmani_01.pdf|место=İstanbul|издательство=Tarih Vakfı Yurt Yayınları|год=1996|alleseiten=352|isbn=975-333-0383|ref=Süreyya, 1 cild}}{{Ref-tr}}
* {{Статья}}{{Ref-en}}
* {{Книга|автор=Sakaoğlu N.|заглавие=Bu mülkün kadın sultanları|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?redir_esc=y&hl=ru&id=6WUMAQAAMAAJ|место=İstanbul|издательство=Oğlak Yayıncılık|год=2008|том=|alleseiten=574|pages=|isbn=|ref=Sakaoğlu}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=Thys-Şenocak L.|заглавие=Ottoman Women Builders: The Architectural Patronage of Hadice Turhan Sultan|ответственный=|ссылка=https://books.google.ru/books?id=IfpPAAAAMAAJ|место=Aldershot|издательство=Ashgate|год=2006|том=|allpages=326|pages=|isbn=0754633101|ref=Thys-Şenocak}}{{Ref-en}}
* {{Книга||заглавие=Viaggi di Pietro della Valle, il pellegrino : descritti da lui medesimo in lettere familiari all'erudito suo amico Mario Schipano, divisi in tre parti cioè : La Truchia, La Persia, e l'India, colla vita dell'autore|оригинал=|ссылка=https://ia800403.us.archive.org/6/items/bub_gb_Rf_QVsjgjocC/bub_gb_Rf_QVsjgjocC.pdf|Викитека=|ответственный=|издание=|место=Brighton|издательство=G. Gancia|год=1843|volume=1|pages=|allpages=|серия=|isbn=|тираж=|ref=Viaggi, vol.1}}{{Ref-it}}

=== Популярная литература ===
* {{Книга|автор=Ерёмин В.Н.|заглавие=100 великих интриг|ссылка=https://books.google.ru/books?id=JqSkvgdYdwoC&printsec=frontcover&dq=100+%D0%B2%D0%B5%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D0%B8%D1%85+%D0%B8%D0%BD%D1%82%D1%80%D0%B8%D0%B3+%D0%95%D1%80%D0%B5%D0%BC%D0%B8%D0%BD+%D0%92%D0%B8%D0%BA%D1%82%D0%BE%D1%80+%D0%9D%D0%B8%D0%BA%D0%BE%D0%BB%D0%B0%D0%B5%D0%B2%D0%B8%D1%87&hl=ru&sa=X&ved=0ahUKEwjxsfu10prWAhXqK5oKHawaDN4Q6AEIJzAA#v=onepage&q=%D0%BA%D1%91%D1%81%D0%B5%D0%BC%20(%D0%B0%D0%BD%D0%B0%D1%81%D1%82%D0%B0%D1%81%D0%B8%D1%8F).%20%D0%BB%D0%B8%D1%82%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F&f=false|место=М.|издательство=[[Вече (издательство)|Вече]]|год=2013|страниц=|isbn=5444470454|серия=100 великих|ref=Ерёмин}}
* {{Книга|автор=Фрили Д.|заглавие=Тайны Османского двора. Частная жизнь султанов|место=М.|издательство=[[Литрес]]|год=2017|ссылка=https://books.google.ru/books?id=dduLAQAAQBAJ&printsec=frontcover&dq=%D1%82%D0%B0%D0%B9%D0%BD%D1%8B+%D0%BE%D1%81%D0%BC%D0%B0%D0%BD%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%B3%D0%BE+%D0%B4%D0%B2%D0%BE%D1%80%D0%B0+%D1%84%D1%80%D0%B8%D0%BB%D0%B8&hl=ru&sa=X&ved=0ahUKEwjSx9P57prWAhUsMZoKHcEEC9YQ6AEIJzAA#v=onepage&q=%D0%9A%D1%91%D1%81%D0%B5%D0%BC%20%D0%A1%D1%83%D0%BB%D1%82%D0%B0%D0%BD%20%E2%80%93%20%D0%B6%D0%B5%D0%BD%D0%B0%20%D0%BE%D1%81%D0%BC%D0%B0%D0%BD%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%B3%D0%BE%20%D1%81%D1%83%D0%BB%D1%82%D0%B0%D0%BD%D0%B0%20%D0%90%D1%85%D0%BC%D0%B5%D0%B4%D0%B0%20I&f=false|страниц=829|серия=|isbn=5457445623|ref=Фрили}}
* {{Книга|автор=Afyoncu У.|заглавие=Muhtesem Valide — Kösem Sultan|ответственный=|ссылка=https://www.amazon.com/Muhtesem-Valide-Sultan-Erhan-Afyoncu/dp/6059787231|место=İstanbul|издательство=Yeditepe Yayinevi|серия=Tarih Dizisi|год=2015|том=|alleseiten=176|pages=|isbn=6059787231|ref=Afyoncu}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=Altınay A.R.|заглавие=Kösem Sultan: Kadınlar Saltanatı|ответственный=|ссылка=http://www.pandora.com.tr/urun/kosem-sultan-kadinlar-saltanati/460356|место=İstanbul|издательство=Yeditepe|год=2015|том=|alleseiten=272|pages=|isbn=9786059787147|ref=Altınay}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=H. A. R. Gibb|заглавие=The Encyclopaedia of Islam|ссылка=https://books.google.com/books?id=apU3AAAAIAAJ|год=1954|ref=Gibb}}
* {{Книга|автор=Koçu R. E.|заглавие=Kösem Sultan|ответственный=|ссылка=http://www.kitapsec.com/Products/Kosem-Sultan-Dogan-Kitap-49774.html|место=İstanbul|издательство=Doğan Kitap|год=2015|том=|alleseiten=664|pages=|isbn=978-605-09-2610-1|ref=Koçu}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=Taylan N.|заглавие=Valide Mâhpeyker Kösem Sultan ve Dönemi|ответственный=|ссылка=https://www.amazon.com/Valide-M%C3%A2hpeyker-K%C3%B6sem-Sultan-D%C3%B6nemi/dp/6058575737|место=İstanbul|издательство=Ekim Yayinlari|год=2015|том=|alleseiten=664|pages=|isbn=6058575737|ref=Taylan}}{{Ref-tr}}
* {{Книга|автор=Subaşı E.|заглавие=Kösem Valide Sultan|ответственный=|ссылка=http://www.ehlisunnetkitap.com/tahtsiz-padisah-kosem-valide-sultan-ebubekir-subasi|место=İstanbul|издательство=ÇELİK YAYINEVİ|год=2017|том=|alleseiten=448|pages=|isbn=6059495462|ref=Subaşı}}{{Ref-tr}}
{{Refend}}
[[Turkum:Usmonli sulolasi]]
[[Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar]]
[[Turkum:Istanbulda vafot etganlar]]
[[Turkum:1651-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:2-sentabrda vafot etganlar]]