Revision 2748257 of "Xolid Husayni" on uzwiki

{{manbalar}}'''Xolid Husayniy''' — afgʻon- amerikalik yozuvchi.U 15 yoshidan boshlab,Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashaydi.1965- yilda Afgʻoniston davlati Qobul shahrida afg‘on diploma­ti oilasida tug‘ilgan. 1980- yilda uning oilasi AQShga ko‘chadi. Shu yerda u tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi. Afgʻononistonga 2003-yilgacha qaytmagan va AQSH fuqarosi boʻlib qoldi.Uning ilk romani „[[Shamol ortidan yugurib|''Shamol ortidan yugurib'']]“ AQShda yangi asrning bestseller asariga aylanadi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida 10 million nusxada nashr qilingan. Bu kitob asosida [[Gollivud]] kinoijodkorlari film ham suratga olishgan.

== Hayoti va ijodi ==
Yozuvchi 4-mart,1965-yil Qobul,Afgʻoniston davlatida tugʻilgan. Oilada 5 ta farzandning eng kattasi edi.Dadasi Nasser Qobul Tashqi Ishlar Vazirligida diplomat, onasi esa qizlar maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Ota-onasining ikkalasi ham [[Hirot]] shahrida tugʻilishgan.Husaynning taʼkidlashicha, unda ham [[Pushtunlar|Pashtun]] ham [[Tojiklar|tojik]] xalqi qoni bor.Uning onasi Afgʻoniston davlatidagi Pashtunlarning [[Mohammadzai]] qabilasidan ekanligiga aytadi.Yozuvchi yoshligining 8 yilini Qobuldagi [[Waazir Akbar Khan]] mahallasida joylashgan maktabda oʻtkazadi.1970-yilda oilasi [[Tehron]]<nowiki/>dagi [[Afgʻoniston|Afgʻoniston]] [[elchixona]]<nowiki/>siga koʻchishiga toʻgʻri kelgan.1973-yilda Husaynning oilasi Qobulga qaytadi va oʻsha yilning iyul oyida eng kichkina ukasi tugʻiladi.Dadasi [[Parij|Paris]], Fransiyaga ishga kiradi va yana oilasi koʻchib ketadi.Oʻsha voqeadan keyin oilasi Afgʻonistonda boʻlayotgan tartibsizliklar yaʼni 1978-yil apreldagi Afgʻoniston aholisining [[demokratik partiya]] tuzishga intilish harakati tufayli oʻz vataniga qayta olmaydi.<ref>{{Cite web|date=2018-04-25|title=An April Day That Changed Afghanistan 1: Four decades after the leftist takeover|url=https://www.afghanistan-analysts.org/en/reports/political-landscape/an-april-day-that-changed-afghanistan-four-decades-after-the-leftist-takeover/|access-date=2021-10-13|website=Afghanistan Analysts Network - English|language=ps-GB}}</ref>
{| class="wikitable"
|+
!OILASI
!ISM-SHARIFLARI
|-
|Ota-onasi
|Nasser Hosseini, Maimona Hosseini
|-
|Aka-uka/opa-singillari
|Raya Hosseini
|-
|Farzandlari
|Haris Hosseini, Farah Hosseini
|}
<u>Yozuvchi yashagan manzillari:</u>

* 1965-yil -[[Afgʻoniston|Qobul, Afgʻoniston]]
* 1970- yil [[Tehron]][[Iroq|,Iroq]]
* 1973- yil [[Qobul, Afg'oniston]]
* 1976- yil [[Fransiya|Paris, Fransiya]]
* 1980- yil [[San Jose, Kaliforniya|San Jose,California]]

== Taʼlim faoliyati ==
[[San Jose, Kaliforniya|San Jose]] shahridagi yuqori maktabni 1984- yilda tamomlaydi va Santa Clara universitetiga qabul qilinadi. Universitetni 1988- yilda biologiya fakultetini muvaffaqqiyatli bitirib, bakalavr diplomini qoʻlga kiritadi.Universitetni bitirganidan soʻng, San Diego tibbiyot universitetiga oʻqishga kirib, 1993- yilda magistrlik darajasiga erishadi <ref name="AAA">{{cite web|title=Khaled Hosseini, M.D. Biography and Interview|website=www.achievement.org|publisher=[[American Academy of Achievement]]|url=https://www.achievement.org/achiever/khaled-hosseini/#interview}}</ref>. Yozuvchi 10 yil davomida tibbiyot sohasida faoliyat yuritadi.

== Ijodi ==
{{Kitob bilgiqutisi|Nomi=Shamol ortidan yugurib|Original nomi=Kite runner|muallif=Xolid Husayniy|Janr=roman|Til=o'zbek tili|Original nashr qilingan yili=2003|Nashriyot=Yangi asr avlodi|Nashr qilingan yili=2017|Betlari=208|isbn=9789943276796}}
2003-yilda yozuvchining birinchi " [[Shamol ortidan yugurib|''Shamol ortidan yugurib'']]<nowiki>''  romani nashrdan chiqadi.Bu asar dadasi bilan yaxshi aloqa ornatishda qinalgan va yoshlik travmatik xotiralari bilan yashovchi afg'</nowiki>onistonlik Amir ismli bola tilidan hikoya qilinadi.

Ikkinchi romani „[[Ming quyosh shu'lasi|''Ming quyosh shulasi'']]“ deb nomlangan va 2007- yilda nashr etilgan.Bu asarda ham birinchi romanda yozilgan Afgʻoniston davlatidagi deyarli bir xil muammolar, ammo afgʻon ayollar hayoti koʻproq yoritib berilgan.

Uchinchi roman „[[Tog'lar ham sado beradi|''Togʻlar ham sado beradi'']]“ deb nomlanadi va 2013- yil, 21- mayda nashr etilgan. Bu roman koʻp avlodli oila, aka-ukalar birlari uchun jonini berishlari, sevishlari yoki aksincha, xiyonat qilishlari haqida yozilgan.

== Manbalar ==
{{Kitob bilgiqutisi|Nomi=Tog'lar ham sado beradi|Original nomi=And the mountains echoed|muallif=Xolid Husayni|Janr=roman|Til=o'zbek tili|Original nashr qilingan yili=2013|Nashriyot=Yangi asr avlodi|Nashr qilingan yili=2017|Betlari=240|isbn=9789943277595}}{{Kitob bilgiqutisi|Nomi=Ming quyosh shulasi|Original nomi=A thousand Splendid|muallif=Xolid Husayniy|Janr=roman|Til=o'zbek tili|Original nashr qilingan yili=2007|Nashriyot=Yangi asr avlodi|Nashr qilingan yili=2017|Betlari=288|isbn=9789943272484}}