Revision 491685 of "Nosir Fozilov" on uzwiki

Yozuvchi Nosir Fozilov 1929 yili Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli  Turkiston tumanining Qorachiq qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U Turkistonda o‘rta maktabni tugatgach, 1949—1954 yillar davomida O’rta Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida ta’lim oldi. 

Dorilfununni tugatgandan so‘ng, 1955 yildan boshlab «Gulxan» oynomasida adabiy xodim, mas’ul kotib, «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim mudiri (1960—1963), 1963 yildan esa «Sharq yulduzi» oypomasida adabiy xodim, so‘ngra proza bo‘limiiing mudiri, mas’ul kotib (1970—1972) sifatida faollik ko‘rsatdi. Yozuvchi va noshir Nosir Fozilov 1972—1980 va 1984— 1986 ypllar davomida G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida katta muharrir va proza bo‘limining mudiri sifatida ishlab keldi. 1986 yildan buyon «Sharq yulduzi» oynomasining mas’ul kotibidir.

1985 yilda uning «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun G’afur G’ulom nomidagi mukofot berildi. 1986 yilda esa qozoq yozuvchilarishgag asarlarini o‘zbek tiliga tarjimasi borasidagi faolligi uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi Beyimbet Maylin nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, unga 1990 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni hamda 1991 yilda «Ustozlar davrasida» asari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.

Adibning «Oqsoy», «Saraton» qissalari 70-yillar o‘zbek adabiyoti, xususan,  bolalar  nasrida katta voqea bo‘ldi.

Adibning birinchi hikoyasi 1953 yili «Lenin uchquni»da bosilgan. Shundan so‘ng uning «Irmoq», «Qoraxat», «Ko‘klam qissalari», «Saraton», «Shum bolaning nabiralari», «Ustozlar davrasida», «Bolaligim - podsholigim» kabi qator kitoblari o‘quvchilarga taqdim etildi. Adibning yana bir qator asarlari qozoq, turkman, rus va boshqa tillarga o‘girilgan. 

==  Adabiyotlar ==
[http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=866&Itemid=210 ]