Revision 570093 of "Abu Abdulloh Rudakiy" on uzwiki

{{wikify}}
Abu Abdulloh Ja’far binni Muhammad binni Abdurahmon Odam 858 yili Samarqand shahri y**inidagi Panjrudak qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Dastlabki ta’limni oila muhitida olgan Ja’far Samarqand madrasalarida zamonasidagi barcha bilimlarni puxta egallaydi, Qur’on hofizi darajasiga yetadi; xalq she’riyati, qoʻshiqlarini sevib kuylab yuradi; mashhur mashshoq va badihagoʻy Abu Abbos Baxtiyordan musiqa ilmini oʻrganadi; barbat, rud, ud, chang, qonun asboblarini chalishda shuhrat qozonadi; musiqalarga oʻzi she’rlar bitib, ularda Rudakiy taxallusini qoʻllay boshlaydi.
Arablar istilosiga barham berilib, markazlashgan davlat barpo etilgach, Xurosonu Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat, adabiy hayot, hunarmandchilik, savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi. Ayniqsa, davlatning qudrati Amir Nasr II Somoniy (914 — 943) davrida yanada oshadi. U shaharu qishloqlardan, uzoq-y**indan ahli hunar, ilm-adab ahlini markaz Buxoroga toʻplaydi, ularning faoliyatiga sharoit tugʻdirib beradi, homiylik qiladi. She’riyat va musiqada shuhrati oshgan Rudakiy ham saroyga ch**irtiriladi. Natijada shoir butunlay ijodga shoʻngʻib ketadi: qasidalar, gʻazallar, ruboiy, qit’a, dostonlar yaratadi. Uning obroʻsi ortib, boyligi ham oshib boradi. Bu xususda mashhur tarixchi, adib va adabiyotshunos Muhammad Avfiy «Lubob ul-albob»(1222) tazkirasida quyidagilarni yozgan: «Rudakiy usta cholgʻuchi boʻlib yetishgach, uning ovozasi butun olamga yoyildi. Xuroson amiri Nasr binni Ahmad Somoniy uni oʻzining y**in kishilari qatoriga qoʻshgach, u yuqorilab ketdi, uning boyligi esa haddan tashqari koʻpa¬yib ketdi... Undan keyingi shoirlar orasida hech kimga bunday boylik nasib etmadi va hech kim uning¬dek baxt egasi boʻlolmadi».
H**iqatan ham, Rudakiy Somoniy amirlarining eng «y**in nadimi» (Avfiy), xushxon hofiz, mohir mashshoq, nuktasanj shoir sifatida beqiyos obroʻga ega edi. Somoniy amirlarining barcha safarlarida shoir asarlarining qoʻlyozmalari Turondan Xuroson shaharlariga tuyalarga yuklab olib borilib, koʻz-koʻz qilib yurilishi ham buni tasdiqlaydi. X asrning oʻrtalariga kelib saroydagi ahvol ogʻirlashadi. O‘z homiysi va doʻstlaridan judo boʻlgan, qartayib qolgan, saroy atrofidagi mashmashalardan zada Rudakiy umrining oxirgi yillarini oʻz qishlogʻida oʻtkazib, 941 yili vafot etgan.
Qadimiy sarchashmalarda Rudakiyning shaxsiyati, t**diri h**ida rang-barang ixtilofli fikrlar mavjud: ayrim olimlar shoir tugʻma ojiz edi, deyishsa, ba’zi tadqiqot va m**olalarda u qand kasaliga giriftor boʻlgani uchun qariganida koʻr boʻlib qolgan, degan fikr¬ni uqtiradilar. Bizningcha, Rudakiyning «modarzod koʻr» boʻlgani h**iqatga y**in. Zeroki, Homer, Abu A’lo al-Maariy, Ahmad Yugnakiy singari buyuk ijodkorlar ham tugʻma ojizliklariga qaramay, oʻz asr¬larining yagonasi boʻlganlar.
Rudakiy ijodiy merosi h**idagi mulohazalar ham turli-tuman. As-Saolibiy(XI asr), Muhammad Avfiy, Nizomiy Aruziy Samar¬qandiy(XIII asr), Davlatshoh Samarqandiy(XVI asr) kabi olimlar shoir asarlarining hajmini bir million baytdan uch million baytgacha taxmin qiladilar. Bu r**am qay darajada mubolagʻali boʻlmasin, muttasil badiiy ijod bilan shugʻullangan, doim badiha tarzida she’r aytib yurgan Rudakiy merosi ulkan boʻlgani tabiiy. Yuksak vatanparvarlik ruhidagi «Buxoro» qasidasining yaratilish tarixi ham bu mulohazani quvvatlaydi. Afsuski, moʻgʻul yagʻmosining vahshiyligi tufayli O‘tror, Sa¬marqand va Buxoro kitobxonalaridagi dastxatlar kuyib, kul boʻldi. Shuning oqibatida Rudakiy asarlaridan bizgacha ikki ming baytdan ziyodroq namunalar s**lanib qolgan, xolos. Ammo ana shu boqiy misralarning oʻziyoq Rudakiy dahosini tasavvur qilish imkonini beradi.
IX — X asrlarda hali forsiy adabiy til toʻla shakllanib ulgurmagan, unda yetarli darajada badiiy ijod ne’matlari yaratilmagandi. Ana shunday bir sharoitda Rudakiy xalq ogʻzaki ijodi injulariga suyangan holda forsiy adabiy tilning poydevorini qurdi, forsiy tildagi adabiyotga asos soldi. Bu sohada aytarli an’ana boʻlmagan yerda lirik turning barcha janrlarida mumtoz asarlar yozdi. «Kalila va Dimna», «Sindbondnoma» singari masnaviylarni yaratdi. Badiiy ijodning barcha sohasida birinchi boʻldi. Shuning uchun ham zamondoshlari uni «Odam ush-shuaro — shoirlar Odam Atosi» degan nom bilan sarafroz etdilar. H**iqatan ham, Rudakiy she’rlarini koʻzdan kechirar ekanmiz, ularda h**iqiy ishq bilan majoziy ishq, inson¬doʻstlik, vatanparvarlik, ilm oʻrganish, kasb-hunar egallash, insof va diyonat, adolat va adolatli shoh, ona tabiatga mehr, atrof-muhitni avaylab-asrash gʻoyalari betakror nafis obrazlilikda tasvirlanganining guvohi boʻlamiz. Shoir gʻazallarida oshiq ruhiy kechinmalarini qay yoʻsinda bokira tarzda ifodalashga erishsa, ma’shuqa chiroyini undan-da goʻzal vositalarda tasvirlaydi. Masalan, bir bayt¬da yorning sadafdek tishlarini yomgʻirdan soʻng nihol shoxchasida tizilib qolgan shaffof donachalar — qatraboronga oʻxshatsa, boshqa bir baytda «yuzingdan pardangni koʻtarganingda quyosh xijolatdan yuzini berkitdi, ya’ni oʻzini bulut orqasiga oldi», deydi. Ma’shuqa etaklarini yer yuzidan sudrab oʻtgani uchun tuproq poklanib, «suv boʻlmasa tayammum» etib, ibodat qilish joiz boʻlgan ekan. Bunday tasvir mavlono Lutfiyda ham uchraydi. Oshiq ertalab bogʻ sayriga chiqsa, anhordan gulob hidi anqirdi. Yorab, yorim mendan oldin chiqib ariq boshida yuz-qoʻlini yuvdimikan, deb oʻyga toladi oshiq. Ruhiy holat tabiat chiroyining turfa unsurlari ta’rifi orqali chiziladi:

    Bahor oyi yetib kelib, qish oyini etdi yagʻmo,
    Fazo yuzin qopladi chang, qonga toʻldi dashtu sahro.

    Ilk bahorning koʻz yoshidan shoxlar oldi yuziga rang,
    Hamal oyin xush hididan boʻldi tuproq anbaroso.

    Layli yuzi kabi lola keng sahroda kulib turar,
    Majnun koʻzi kabi bulut qon yoshini qilur daryo.

    Oqar suvdan kelmoqdadir har soatda gulob hidi,
    Mening yorim ariq ichra gul yuzini yuvmish goʻyo.

Rudakiy asarlarida ilm egallashga da’vat, insonni sharaflash, bu dunyoda «bani odamga yaxshilik qilib» yashashga undov, Olloh tomonidan berilgan qisqa umrni ilm oʻrganib, uni ijtimoiy-foydali mehnatga sarflashga da’vat yetakchi motivlardan hisoblanadi:

    Shu oddiy koʻz bilan boqmagil, balki,
    Bilim koʻzi bilan boqqil jahonga.
    Jahon dengiz erur yaxshi ishingdan,
    Kema yasab oʻtgil nargi tomonga.

Shoir asarlarida shodu xurramlik, Navroʻzi olam tarovatiyu, sharobning hayotbaxsh fazilati, yorning nozu karashmasiyu, doʻstlar diydorining farahbaxsh qudrati, xayr-ehson, insof va muruvvat, rahm-shafqatli boʻlish ham masnaviylariyu qasidalarida, qit’ayu ruboiylarida zoʻr musiqiylikda tarannum etiladi.
Rudakiy qasida janrining eng mumtoz namunalarini yaratgan. «Buxoro», «Mayning onasi», «Qarilikdan shikoyat» singari asarlarida shoir, bir tomondan, vatanparvarlik, insondoʻstlik, mehnatsevarlik, umrning qadriga yetish xususida joʻshqin fikrlar yuritsa; ikkinchi tomondan, goʻzal tabiatni sevish, hamisha shodu xurram yashashga undaydi. Somoniy zodagonlar mad¬higa bagʻishlangan qasidalarda esa, shoir koʻproq ularning davlat ravn**i yoʻlidagi xizmatlarini, xalq farovonligini oshirishdagi sa’y-harakatlarini ta’riflashga intilgan. Rudakiy asarlari oʻta sodda, ravon bir usulda — sahli mumtane’ — osonu nomumkin usulida yozilgan. O‘tmishda juda koʻp forsiygoʻy shoirlar uning asarlariga oʻxshatma, tazminlar yozgan. Ammo biron ijodkor Rudakiy darajasiga yetolmagan. Jumladan, «Boʻyi joʻyi Moʻliyon oyad hame...» deb boshlanadigan Buxoro qasidasiga fors-tojik adabiyoti klassiklaridan 120 shoir nazira yozgan. Ammo birontasi asl matn darajasiga yetolmagan: vazn, ohangini topganlar mavzuda qoqilgan, mavzuni nishonga toʻgʻri ola olganlar esa, musiqiylik, qofiyani uddalay olmaganlar...
Shuning uchun ham oʻtmishda yashab oʻtgan buyuk soʻz san’atkorlari Rudakiy dahosini munosib qadrlagan, uning she’riy qudratiga yuksak baho berishgan. Jumladan, zabardast lirik shoir, birinchi shohnomanavis D**iqiy uni shunday ta’riflaydi:

    G‘azal rudakiyvor boʻlgay goʻzal,
    Rudakiycha gʻazal yoza olmadim.
    Juda nozik xayol bilan urinib,
    Bu parda ichiga yoʻl topolmadim.

Abu Abdulloh Rudakiy oʻzi kuylagan vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, xalqlar doʻstligi gʻoyalari bilan barcha zamonlarda bashariyatga xizmat qilaveradi. Shoir ijodi qadim ul-ayyomdan beri oʻzbek xalqiga juda y**in. Bobur «Muxtasar» risolasida shoir asarlaridan namunalar keltirgan, Poʻlatxon Domullo Qayumiy oʻz tazkirasida shoir ijodini yoritgan. Ustozlarimiz S.Ayniy, N.Mallaev, Sh.Shomuhammad hamda M.Muinzoda Rudakiy hayoti va ijodini tahlil qilib, asarlarini tarjima etib, tar¬gʻib qilishda zahmat chekkanlar.

RUDAKIY HIKMATLARI

Jahonning shodligi toʻplansa butun,
Doʻstlar diydoridan boʻlolmas ustun.

***

Kimda-kim hayotdan olmasa ta’lim,
Unga oʻrgatolmas hech bir muallim.

***

Ilmdan yaxshiroq xazina yoʻqdir,
Qoʻlingdan kelgancha terib ol uni.

***

Odamlar qalbining charogʻi bilim,
Balodan s**lanish yarogʻi bilim.

***

Badbaxt erur kimki, bermas ham yemas,
Yeb ham ehson qilgan xushbaxt umrbod.

== Havolalar ==
* [http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3354&Itemid=76 Abu Abdulloh Rudakiy www.ziyouz.com saytida]

[[Turkum:X asr shoirlari]]

[[ar:الرودكي]]
[[arz:ابو جعفر الرودكى]]
[[be:Рудакі]]
[[cs:Rúdakí]]
[[de:Rudaki]]
[[en:Rudaki]]
[[es:Rudaki]]
[[fa:رودکی]]
[[fr:Rudaki]]
[[hi:रुदाकी]]
[[it:Rudaki]]
[[ja:ルーダキー]]
[[ko:루다키]]
[[no:Rudaki]]
[[os:Рудаки]]
[[pl:Rudaki]]
[[pnb:رودکی]]
[[pt:Rudaki]]
[[ru:Рудаки]]
[[simple:Rudaki]]
[[sv:Rudaki]]
[[tg:Рӯдакӣ]]
[[uk:Рудакі]]
[[vi:Rudaki]]