Revision 581024 of "Abdulloh ibni Abbos" on uzwiki

{{betaraflik}}
'''Abdulloh ibni Abbos''' (? - [[670]]{{fact}}) [[faqih]] boʻlgan.

[[Muhammad]]ning amakivachchalari. Tafsir, hadis, fiqh va boshqa ilimlarning olimidir. Sahobai kiromning mashhurlaridan. Hijrattan oldin Makkada tavallud topganlar. 68 yili Toifda vafot etganlar.

Abulloh ibni Abbos r.anhu tavallud topganlarida otalari u zotni Rosul Akramning oldilariga olib bordilar. Paygʻambarimiz S.A.V tupruklarini uzotning tomoqlariga surkadilar hamda Abdulloh ibni Abbosning haqlariga duo qiladilar. Holalari Maymuna binti Horis r.anho Rosul Akramning zavjalari boʻlganligi bois Rosul Akramning uylariga tez tez kelib turganlar. Ba'zan kechalari ham oʻsha yerda qolganlar. Tahorat olishni va namoz oʻqishni Rosul Akramning oʻzlaridan oʻrganganlar.

Makkaning fathidan keyin Madinaga hijrat qilganlar. O`sha vaqtda 11-12 yoshlarda edilar. Rosul Akram zamonlaridan Qur'oni Karimning bir qismini yodlagan edilar. Rosul Akram vafot etganlarida 13-15 yoshlarda edilar. Bundan keyin Qur'oni karimni toʻla yodlab Ubay ibni Ka'b r.anhu va Zayd ibni Sobit r.anhularga boshidan yoddan oʻqib berdilar. Hazrati Umarning ilm suhbatlarida juda koʻp qatnashib u zotdan ilm oʻrgandilar. Abdulloh ibni Abbos r.anhu Qur'oni karimning tafsirida juda katta ilmga sohib edilar. Shu bois u zotga Tarjimanul Qur'an laqabi berilgandir. Ibni Mas'ud r.anhu u zot haqlarida "U Mufassirlarning sultonidir" deb e'tirof qiladilar.

Abdulloh ibni Abbosning tafsir kitoblari yoʻqdir. Ammo muhtalif rivoyatlari bor. Islom olimlari u zotning rivoyatlari bilan tafsir kitoblarini bezaganlar. 

Abdulloh ibni Abbos r.anhumo Rosul Akramdan juda koʻp hadis rivoyat qilganlar. Ba'zi manbalarning xabar berishicha u zot rivoyat qilgan hadislar soni 1660 tadir. U zot umrlarining oxirlarida koʻzlari koʻr bolib qolgan. 68-yili bir hafta kasallikdan soʻng olamdan oʻtganlar. Janozalarini Hazrati Alining oʻgʻillari Muhammad Al Hanafiyya oʻqiganlar.

Manba: [http://www.uzislam.com UzIslam.Com]

[[Turkum:Islom]]
[[Turkum:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]

[[ar:عبد الله بن عباس]]
[[az:Abdullah bin Abbas]]
[[ca:Abd-Al·lah ibn Abbàs]]
[[ckb:عەبدوڵڵای کوڕی عەبباس]]
[[de:ʿAbd Allāh ibn ʿAbbās]]
[[en:`Abd Allah ibn `Abbas]]
[[fa:عبدالله بن عباس]]
[[fr:Abdullah ibn Abbas]]
[[he:אבן אל-עבאס]]
[[id:Abdullah bin Abbas]]
[[it:Abd Allah ibn 'Abbas]]
[[jv:Abdullah bin Abbas]]
[[ml:അബ്ദുല്ല ഇബ്ൻ അബ്ബാസ്]]
[[ms:Abdullah ibn Abbas]]
[[no:ʿAbd Allāh ibn ʿAbbās]]
[[ru:Абдаллах ибн Аббас]]
[[sh:Abdalah ibn Abas]]
[[sk:Abd Alláh ibn’Abbás]]
[[so:Cabdullaahi bin Cabbaas R.C.]]
[[su:Abdullah bin Abbas]]
[[sv:Abdallah ibn al-Abbas]]
[[tr:Abdullah bin Abbas]]
[[tt:Габдуллаһ ибне Габбас]]
[[uk:Абдаллах ібн Аббас]]
[[ur:عبداللہ بن عباس]]