Revision 675204 of "Bunyodkor Stadioni" on uzwiki

{{Infobox stadium
| name                = Bunyodkor stadioni 
| nickname            = 
| image               = [[File:Bunyodkor stadium1.jpg|250px]]
| fullname            =
| location            = [[Toshkent]]
| broke_ground        = 13-noyabr 2008
| built               =
| opened              = 31-avgust 2012
| renovated           = 2012
| expanded            =
| closed              =
| demolished          =
| owner               = [[Bunyodkor PFK]]
| operator            = Bunyodkor PFK
| surface             = chim
| construction_cost   = $60.000 (2011)
| architect           = GMP loyihasi
| structural engineer =
| services engineer   =
| general_contractor  =
| project_manager     =
| main_contractors    =
| former_names        =
| tenants             = [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]]
| capacity            = 34,000 
| dimensions          = 112m x 72m
| scoreboard          =
}}

Toshkent shahridagi "Bunyodkor" stadioni qurilib bitishi o‘zbek futbolining 100 yillik tantanalari  nishonlanayotgan bir paytga togʻri keldi.

[[O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning qaroriga ko‘ra, “Bunyodkor” stadioni aslida 2012 yilning 10 martida topshirilishi kerak edi.

[[Olmoniya]]ning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008 yil boshlangan va keyinroq to‘xtab qolgan edi. Bunga “Bunyodkor” jamoasining muassisi, [[Gulnora Karimova]]ga tegishli ekani aytiladigan "[[Zeromaks]]" shirkatining yopilishi sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng to‘xtab qolgan qurilish [[O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning 5 apreldagi qaroridan so‘ng yana boshlandi.

Stadionning dastlab 45 ming odamni sig‘dira oladigan [[Markaziy Osiyo]]dagi eng katta sport kompleksi bo‘lishi haqida aytilgan edi. [[Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi|O‘FF]] sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar o‘rindiqlari soni 34 ming bo‘lib, majmua ikki qavatdan iborat bo‘ldi.[http://www.ozodlik.org/content/article/24655645.html]

«Bunyodkor» stadioni 34 000 o‘rinli bo‘lib, shundan 1700 tasi VIP-o‘rinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar to‘xtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo do‘konlari xizmat ko‘rsatadi.
  
120 o‘rinli Bolalar-o‘smirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha o‘rinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish bo‘limi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor.
  
«Bunyodkor» stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, o‘smirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.[http://www.davrada.com/news/bunyodkor_stadionida_nimalar_bo_ladi/2012-08-14-537]



==Shuningdek, koʻring==
==Tashqi havolalar==

[[en:Bunyodkor Stadium]]
[[ja:ブニョドコル・スタジアム]]