Revision 702856 of "Bunyodkor Stadioni" on uzwiki

{{Infobox stadium
| name                = Bunyodkor stadioni 
| nickname            = 
| image               = [[File:Bunyodkor stadium1.jpg|250px]]
| fullname            =
| location            = [[Toshkent]]
| broke_ground        = 13-noyabr 2008
| built               =
| opened              = 31-avgust 2012
| renovated           = 2012
| expanded            =
| closed              =
| demolished          =
| owner               = [[Bunyodkor PFK]]
| operator            = Bunyodkor PFK
| surface             = chim
| construction_cost   = <!--$60.000 (2011)-->
| architect           = GMP loyihasi
| structural engineer =
| services engineer   =
| general_contractor  =
| project_manager     =
| main_contractors    =
| former_names        =
| tenants             = [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]]
| capacity            = 34,000 
| dimensions          = 112m x 72m
| scoreboard          =
}}
'''Bunyodkor Stadioni''' [[Toshkent]]ning [[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]] futbol klubi [[stadion]]idir. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni sigʻdira oladi.<ref>[http://www.fcbunyodkor.com/news/sections/club/5767 Davlatimiz rahbari yangi barpo etilgan „Bunyodkor“ sport kompleksiga tashrif buyurdi], ''[[Bunyodkor PFK]] sayti''</ref>

[[Toshkent]] shahridagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi oʻzbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga toʻgʻri keldi.

[[Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning qaroriga koʻra, „Bunyodkor“ stadioni aslida 2012-yilning 10-martida topshirilishi kerak edi.

[[Olmoniya]]ning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq toʻxtab qolgan edi. Bunga „Bunyodkor“ jamoasining muassisi, [[Gulnora Karimova]]ga tegishli ekani aytiladigan „[[Zeromaks]]“ shirkatining yopilishi sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng toʻxtab qolgan qurilish [[Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning 5-apreldagi qaroridan soʻng yana boshlandi.

Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan [[Markaziy Osiyo]]dagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. [[Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi|OʻFF]] sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 ming boʻlib, majmua ikki qavatdan iborat boʻldi.<ref>[http://www.ozodlik.org/content/article/24655645.html]</ref>

Bunyodkor stadioni 34 000 oʻrinli bo‘lib, shundan 1700 tasi VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar toʻxtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi.
  
120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor.
  
Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.<ref>[http://www.davrada.com/news/bunyodkor_stadionida_nimalar_bo_ladi/2012-08-14-537]</ref>


== Manbalar ==
{{reflist}}

== Tashqi havolalar ==

[[en:Bunyodkor Stadium]]
[[es:Estadio Bunyodkor]]
[[ja:ブニョドコル・スタジアム]]
[[pl:Stadion Bunyodkoru Taszkent]]