Difference between revisions 1117617 and 1225171 on uzwiki

[[File:Female reproductive system lateral nolabel.png|right|thumb|300px|Ayol matkasi va tuxumdonlar
1 — trubkalar; 2 — siydik pufagi; 3 — qov suyagi; 4 — G nuqtasi; 5 — klitor; 6 — uretra; 7 — vagina; 8 — tuxumdon; 9 — yoʻgʻon ichakning koʻrichakdan toʻgʻri ichakkacha boʻlgan qismi, qarta; 10 — matka; 11 — vaginaning orqa gumbazi; 12 matkaning boʻgʻizchasi; 13 — toʻgʻri ichak; 14 - anus.]]

<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bachadon''' — 1. Ayollarning ichki jinsiy a’zosi; homila shu yerda rivojlanadi. B. toq, kovak a’zo bo‘lib, mus-kullardan tuzilgan va kichik chanoq bo‘shlig‘ida qovuq b-n to‘g‘ri ichak orasida joylashgan, shakli to‘nkarilgan nokka o‘xshaydi. Uning tanasi, tubi va bo‘yni bo‘ladi. B. tanasi va tubi qovuq yuzasi b-n qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi to‘gri illiq bezlari bo‘ladi, u har oyda hayzga. tayyorlanadi; bunda B.ning yuza joylashgan shilliq qavati markaziy nerv sistemasi hamda gipofiz va tuxumdondan ajralgan gor-monlar (follikulin, progesteron) ta’sirida qalinlashadi, har oyda bir marta ko‘chib, qon b-n ajraladi (q. Endokrin sistema). Muskul qavat yaxshi rivojlangan, qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat bo‘lib joylashgan. Seroz qavat B. oldi va orqa yuzalarini qop-lab, ikki yonboshida keng boy lam hosil qiladi; shu boylam oralig‘ida biriktiruvchi to‘qima qatlami (parametriy) bo‘ladi. B. bo‘shlig‘i uchburchak shaklda bo‘lib, uni kattakichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari o‘z o‘rnida ushlab turadi. B. bo‘ynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat bo‘lib, silindrsimon epiteliy b-n qoplangan; bo‘yin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u ishqoriy reaksiyaga, bakteritsid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati B.ga infeksiya tushishiga yo‘l qo‘ymaydi; bundan tashqari, spermatozoidning harakatchanliginioshirib, uning B.ga kirishini ta’minlaydi. B. ancha harakatchan bo‘lib, qovuq hamda to‘g‘ri ichak to‘lganda, homiladorlikda va b. fiziologik holatlarda o‘z shaklini oson o‘zgarti-ra oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yo‘g‘on tortishi va yangi tolalar paydo bo‘lishi hisobiga B. kattalashadi. Homila tug‘ilgach B. qisqaradi va yangi tolalar yo‘qolib ketadi.Tug‘rukdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va b. boylamlari bo‘shashib, B. tushishi mumkin.2. Urg‘ochi hayvonlarning ichki jinsiy a’zosi — tuxum yo‘lining kengaygan qismi, ularda B. naylari ham kengaygan bo‘lib, homilani saqlay oladi; shu sababli ular ko‘p bolalaydilar. Ayrim chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilar, mollyuskalar va b.da B.ga o‘xshash tuzilmalar bor, shuning-dek suvda va qurukda yashovchilar, ba’-zi sudralib yuruvchilar va barcha sut emizuvchilarda B. o‘ziga xos tuzilishga ega. B.da tuxum yoki pusht rivojlanadi. Tuxum qo‘yadigan hayvonlarning yetilgan tuxum hujayrasi B.da vaqtincha joylashadi.Ad:. Ahmedov N. K., Shomirzayev N. H., Normal va topografik anatomiya, T., 1991.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->


'''Bachadon''' yoki '''matka''' (''bacha'' - „bola“ + -''don''; {{lang-la|uterus}}, {{lang-el|ὑστέρα}}) — ayollarda homila oʻsib rivojlanadigan ichki organ. Bachadon [[siydik pufagi]] orqasida, [[toʻgʻri ichak]] oldida joylashgan boʻladi. Bola koʻrish yoshidagi ayolda bachadon oʻrtacha 7.5 sm uzun, 5 sm keng va 2.5 sm chuqur boʻladi.<ref>{{cite web|title=What Is Considered a Small Uterus?|url=http://www(contracted; show full)[[tr:Rahim]]
[[uk:Матка]]
[[ur:رحم]]
[[vi:Tử cung]]
[[war:Tagoangkan]]
[[wuu:子宫]]
[[yi:טראכט]]
[[zh:子宫]]