Difference between revisions 1224164 and 1255174 on uzwiki'''Baden-vyurtemberg''' - GFRning jan.-g‘ʻarbidagi yeri. Mayd. 35,7 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1991). Ma’ʼmuriy markazi — Shtutgart sh. B.-V. yer yuzasi o‘ʻrtacha balandlikdagi tog‘ʻlar, Reyn va Dunay daryolari havzasida. Relyefi pasttekislik (Yuqori Reyn), qirlar, o‘ʻrmonli tog‘ʻlar (Shvarsvald), soyliklardan iborat. Jan.da Boden ko‘ʻli bor. Yiliga 700 mm yog‘ʻin yog‘ʻadi. Asosiy daryolari Reyn va uning bosh irmog‘ʻi Nekkar, jan.-sharqida Dunayning bosh qismi oqib o‘ʻtadi. Sanoati rivojlangan. B.-V. hududida toshtuz (Xeylbronn) va kaliy tuzi (Freyburgdan jan.da), temir rudasi (Shvabiya Albi) va polimetall rudalari (Shvarsvald), neft hamda gaz (Yuqori Reyn pasttekisligi) qazib chiqariladi. Bir qancha GES qurilgan. Mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik, elektrotexnika, q.x. mashinasozligi, kemasozlik, aviaraketa (Shtutgart, Mangeymda), stanoksozlik va vagonsozlik (Fridrixsxafenda) sanoatlari rivojlangan. To‘ʻqimachilik, kimyo, poligrafiya, neftni qayta ishlash sanoatlari ham bor. Tog‘ʻli joylarida soatsozlik va zargarlik hamda muzika asboblari ishlash taraqqiy qilgan. Q.x.da ko‘ʻproq donli ekinlar, qand lavlagi, tamaki va qulmoq yetishtiriladi. Yuqori Reyn, Nekkar vodiysi va Boden ko‘ʻli sohilida tokchilik rivojlangan. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi yetakchi o‘ʻrin tutadi. Reyn, Nekkar daryolarida va Boden ko‘ʻlida kema qatnaydi. B.-V.da mashhur Baden-Baden va Badenveylar balneologik kurortlari mavjud. Geydelberg , Freyburg va Tyubingenda un-tlar bor. == Adabiyotlar == * [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil {{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1255174.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|