Difference between revisions 1255174 and 1470591 on uzwiki

'''Baden-vyurtemberg''' - GFRning jan.-gʻarbidagi yeri. Mayd. 35,7 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1991). Maʼmuriy markazi — Shtutgart sh. B.-V. yer yuzasi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, Reyn va Dunay daryolari havzasida. Relyefi pasttekislik (Yuqori Reyn), qirlar, oʻrmonli togʻlar (Shvarsvald), soyliklardan iborat. Jan.da Boden koʻli bor. Yiliga 700 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari Reyn va uning bosh irmogʻi Nekkar, jan.-sharqida Dunayning bosh qismi oqib oʻtadi. Sanoati(contracted; show full)donli ekinlar, qand lavlagi, tamaki va qulmoq yetishtiriladi. Yuqori Reyn, Nekkar vodiysi va Boden koʻli sohilida tokchilik rivojlangan. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi yetakchi oʻrin tutadi. Reyn, Nekkar daryolarida va Boden koʻlida kema qatnaydi. B.-V.da mashhur Baden-Baden va Badenveylar balneologik kurortlari mavjud. Geydelberg , Freyburg va Tyubingenda un-tlar bor. 

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->


{{OʻzME}}