Difference between revisions 1225028 and 1255752 on uzwiki'''Barot xoja ko‘kaltosh'''BAROT XOJA KOʻKALTOSH (7-1393) — Amir Temur beklaridan. 1366—70 y.lar orasida amir Husayn begi, u Amir Temurdan yengilgach, ko‘ʻpchilik beklar qatorida Amir Temur xizmatiga o‘ʻtgan va qo‘ʻshin begi vazifasini bajargan. "Uch yillik yurish" (1386—88) paytida B. X. K. bir necha amirlar b-n birga Samarqand muhofazasi uchun qoldirilgan. To‘ʻxtamishxon Movarounnahrga hujum qilganida (1387 y. oxiri — 1388 y. boshi) B. X. K. sustkashlik ko‘ʻrsatgani bois, Amir Temur 1388 y. fev.da safardan qaytib kelgach, jazo tadbiri sifatida uning soqol-mo‘ʻylovini oldirib, yuziga atir-upa surdirib shahar kezdirishni amr etgan. Biroq B. X. K. keyingi faoliyati b-n o‘ʻzini to‘ʻla oqlagan. Shu tufayli Soxibqiron 1392 y. bahorida g‘ʻaznaviylarning "G‘ʻazni, Kobul va Zobulistondan to Hind, Qandahor va Sind daryosigacha" bo‘ʻlgan mulkini Pirmuhammad Jahongirga vasiyat qilib berganida unga navkar sifatida B. X. K.ni ham bergan. "Besh yillik yurish" paytida, 1393 y. iyulida G‘ʻarbiy Erondagi janglardan birida bahodirona halok bo‘ʻlgan.⏎ ⏎ ⏎ ⏎ Ashraf Ahmedov. == Adabiyotlar == * [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil {{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1255752.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|