Difference between revisions 1255752 and 1472540 on uzwikiBAROT XOJA KOʻKALTOSH (7-1393) — Amir Temur beklaridan. 1366—70 y.lar orasida amir Husayn begi, u Amir Temurdan yengilgach, koʻpchilik beklar qatorida Amir Temur xizmatiga oʻtgan va qoʻshin begi vazifasini bajargan. "Uch yillik yurish" (1386—88) paytida B. X. K. bir necha amirlar b-n birga Samarqand muhofazasi uchun qoldirilgan. Toʻxtamishxon Movarounnahrga hujum qilganida (1387 y. oxiri — 1388 y. boshi) B. X. K. sustkashlik koʻrsatgani bois, Amir Temur 1388 y. fev.da safardan qaytib kelgach, jazo tadbiri sifatida uning soqol-moʻylovini oldirib, yuziga atir-upa surdirib shahar kezdirishni amr etgan. Biroq B. X. K. keyingi faoliyati b-n oʻzini toʻla oqlagan. Shu tufayli Soxibqiron 1392 y. bahorida gʻaznaviylarning "Gʻazni, Kobul va Zobulistondan to Hind, Qandahor va Sind daryosigacha" boʻlgan mulkini Pirmuhammad Jahongirga vasiyat qilib berganida unga navkar sifatida B. X. K.ni ham bergan. "Besh yillik yurish" paytida, 1393 y. iyulida Gʻarbiy Erondagi janglardan birida bahodirona halok boʻlgan. Ashraf Ahmedov. == Adabiyotlar == * [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil {{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->⏎ ⏎ {{OʻzME}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1472540.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|