Difference between revisions 1472540 and 1472544 on uzwiki

{{birlashtirishga|Barot xoja koʻkaltosh}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->

BAROT XOJA KOʻKALTOSH (7-1393) — Amir Temur beklaridan. 1366—70 y.lar orasida amir Husayn begi, u Amir Temurdan yengilgach, koʻpchilik beklar qatorida Amir Temur xizmatiga oʻtgan va qoʻshin begi vazifasini bajargan. "Uch yillik yurish" (1386—88) paytida B. X. K. bir necha amirlar b-n birga Samarqand muhofazasi uchun qoldirilgan. Toʻxtamishxon Movarounnahrga hujum qilganida (1387 y. oxiri — 1388 y. boshi) B. X. K. sustkashlik koʻrsatgani bois, Amir Temur 1388 y. fev.da safardan qaytib kelgach, jazo tadbiri sifatida uning soqol-moʻylovini oldirib, yuziga atir-upa surdirib shahar kezdirishni amr etgan. Biroq B. X. K. keyingi faoliyati b-n oʻzini toʻla oqlagan. Shu tufayli Soxibqiron 1392 y. bahorida gʻaznaviylarning "Gʻazni, Kobul va Zobulistondan to Hind, Qandahor va Sind daryosigacha" boʻlgan mulkini Pirmuhammad Jahongirga vasiyat qilib berganida unga navkar sifatida B. X. K.ni ham bergan. "Besh yillik yurish" paytida, 1393 y. iyulida Gʻarbiy Erondagi janglardan birida bahodirona halok boʻlgan.

Ashraf Ahmedov.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}