Difference between revisions 1225303 and 1255986 on uzwiki

{{birlashtirishga|Bahor ansambli}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''"Bahor" ansambli''', Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi "Bahor" xalq raqs ansambli — "O‘zbekraqs" birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957 y. tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turg‘unboyeva (1979 y.gacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayevham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari: Qunduz Mirkarimova (1979 - 88), Ravshanoy Sharipova (1988 — 90), Ma’mura Ergasheva (1990 y.dan). Musiqa rahbari Baxtiyor Aliyev (1965 y.dan). 1964 y.dan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ansambl. 1979 y.dan M. Turg‘unboyeva nomida."B". a. ijrochilarining asosini Toshkent Xoreografiya bilim yurtini tamomlagan qizlar va Toshkent davlat konservatoriyasi. O‘zbekiston musiqa maktablarini tugatgan jo‘rnavoz sozanda. xonandalar tashkil etadi. 3. Rahma-tullayeva, D. Kerimova, N. Atamanova, T. Yunusova, A. To‘laganova, D. Abdullayeva, N. Bashirova, E. Rasulxo‘jayeva, K. Rahmatullayeva, N. Alimboyeva kabi raqqo-salar, B. Aliyev, R. Hamdamov, E. Karimov, Q. Dadayev, R. Akbarbekov, O‘. Rizayev, S To‘xtasinov, B. Xoliqov, K- Nosirov, K. Komilov singari sozandalar hamda O. Matyoqubov, B. Io‘ddoshev va b. xonandalar ansamblning dastlabki ijodkorlaridir. Ansambl repertuarida 200 dan ortiq yakka va ommaviy raqslar bor. "B." a. o‘zbek xalqining ko‘p asrlar mobaynida to‘plangan an’anaviy raqs madaniyati b-n jahon zamonaviy raqslari yutuqlarini mujassamlantirgan. U tarixiy-etnografik va zamonaviy xalq raqslari asosida yangi maz-mun kasb etuvchi sahna raqslari ijod etdi. "Zang", "Davra", "Katta o‘yin", "Tanavor", "Lazgi", "Munojot" kabi o‘zbek mumtoz raqslari shular jumlasidandir. Ansambl repertuarini yanada boyishi, jahonga tanilishida 60-y.larning oxiri va 70-y.larda ansamblga kelib qo‘shilgan M. Ergasheva, G. Fo-ziljonova, O‘. Muhamedova, G. Jo‘rayeva, F. Nizomitdinova, D. Ziyoxonova, R. Ni-zomova, R. Sharipova, V. Romanova, G. Hamroyeva, M. Haydarova, D. o‘z konsert zaliga ega. Yetakchi artistlari: Rushana Sultonova, Gulnora Nizomova, Roza Adamboyeva, Yelena To‘xtayeva, Olima Yokubova (raqqosalar), N. To‘raxo‘jayev, I. Hamdamov, K. Mirzayev, M. Foziljo-nov (sozandalar), Erkin Ro‘zimatov (xo-nanda). Ansambl Liviya, Marokash, Ja-zoir, Tunis, Hindiston, Singapur, Malayziya, Pokiston, Afg‘oniston, Jan. Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda bo‘lgan. Moskvada bo‘lib o‘tgan jahon yoshlari va tal aba lari 6-festivali, Leypsigda o‘tkazilgan xalq raqslari 8-festivali (1971) laureati.Muhsin Qodirov, Mohina Ashirova.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->