Difference between revisions 1562779 and 1569402 on uzwiki"KAMOLOT" YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI, Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati — O'zbekistan yoshlarining ixtiyoriylik asosida vujudga kelgan, oʻzini-oʻzi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti. Harakat 2001 y. 25 apr. (contracted; show full)ri organi 2,5 y.da bir marta chaqiriladigan Konferensiyadir. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni birlashtiradigan Bolalar tashkiloti tuzilgan. Bolalar tashkiloti Harakat Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatib, oʻz faoliyatini tarbiyaning oʻziga xos yondashuv va usullaridan foydalangan holda, bolalarning qalbi va ongiga Harakatning asosiy maqsadmuddaolarini singdirishga qaratgan. Harakat Yoshlar muammolari in -stituti, "Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaa markazini taʼsis etgan. "K." yo.i.h. muassisligida "Turkiston", "Molodyoj O'zbekistana" gaz.lari, "Yosh kuch", "Sirli olam", "Sinfdosh", "Gʻuncha", "Yoshlik", "Qalb koʻzi" jur.lari nashr etiladi. Harakatning negizi — boshlangʻich tashkilotlar boʻlib, ular mamlakatdagi barcha oʻquv muassasalari, mehnat jamoalari, shuningdek, Qurolli kuchlar, huquqtartibot organlari tizimlarida yoshlarning xohish-irodasiga asosan tuziladi. Har bir boshlangʻich tashkilotning bir yilda bir marta oʻtkaziladigan umumiy hisobot yigʻilishida koʻpchilik ovoz bilan saylanadigan yetakchisi boʻladi. 2002 y. 1 apr.da jami boshlangʻich tashkilotlar soni 20.332 tani, ulardagi aʼzolar soni esa 4.369.066 nafarni tashkil etdi. Botir Ubaydullayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> == Manbalar == {{manbalar}} {{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1569402.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|