Difference between revisions 1569402 and 1577701 on uzwiki

"KAMOLOT" YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI, Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati — O'zbekistan yoshlarining ixtiyoriylik asosida vujudga kelgan, oʻzini-oʻzi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti. Harakat 2001 y. 25 apr.el

da boʻlib oʻtgan Taʼsis qurultoyi qarori bilan tashkil toptan. Taʼsis qurultoyida Harakatning Dasturi va Nizomi kabul qilindi. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi — Oʻzbekiston yoshlarini birlashtirish, sogʻlom turmush talablari asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning oʻz aql-zakovati, kuch-gʻayratini toʻla namoyon etishi, jamiyatda munosib oʻrin egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Harakatga uning dasturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom (contracted; show full)

Harakatning negizi — boshlangʻich tashkilotlar boʻlib, ular mamlakatdagi barcha oʻquv muassasalari, mehnat jamoalari, shuningdek, Qurolli kuchlar, huquqtartibot organlari tizimlarida yoshlarning xohish-irodasiga asosan tuziladi. Har bir boshlangʻich tashkilotning bir yilda bir marta oʻtkaziladigan umumiy hisobot yigʻilishida koʻpchilik ovoz bilan saylanadigan yetakchisi boʻladi. 2002 y. 1 apr
.elda jami boshlangʻich tashkilotlar soni 20.332 tani, ulardagi aʼzolar soni esa 4.369.066 nafarni tashkil etdi.

Botir Ubaydullayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>

== Manbalar ==
{{manbalar}}

{{stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->