Difference between revisions 1665265 and 1665391 on uzwiki[[File:Chiroqchi jizi.jpg|thumb|Umakay Chiroqchi jizi]]⏎ ⏎ '''Jiz''' - semiz qo`yning go`shtidan tayyorlanuvchi taom go`shtsevarlarning orzusidir. Eng mohirona tayyorlanadigan joyi - [[Chiroqchi tumani]]ning [[Samarqand viloyati]] bilan chegarasida joylashgan [[Umakay]] qishlog`idagi choyxona. Choyxona, ayniqsa, yuk mashinalari haydovchilari o`rtasida juda mashhur. Daraxt tagidagi supalarda bemalol oyoqlarni yozib ishtaha bilan tanovul qilishingiz mumkin. Yo`l chekkasida joylashganligi uchun mashinalar shovqini biroz xalal bersa-da, taomning lazzati bu kabi kichik kamchiliklarni yopib yuboradi. [[24/7]] rejimida ishlaydigan bu choyxona, [[Qarshi]] - [[Samarqand]] yo`lidagi eng ko`p ziyorat qilinadigan maskanlardan biriga aylangan. == Tayyorlanishi == Qo`y go`shti kichik, kubiksimon parchalarga bo`linib, o`zining yog`iga qovuriladi. Ustiga biroz piyoz tashlanib, xo`randalarga taqdim qilinadi. Bir qarashda juda jo`n tuyilsa-da, go`shtni qancha qovurish darajasini bilish haqiqiy oshpazlikni talab qiladi. Deyarlik, ko`zingizning oldida so`yilgan qo`yning go`shtidan qilingani uchun bu taom shahardagi choyxonalardagilaridan lazzatda ustun turadi. Agar yozda tashrif buyursangiz, haqiqiy dasht [[chalob]]ini olib kelishlarini so`rang. Ichiga ko`kat tashlangan, dashtda har xil o`t-giyohlarni yeb, yelinlari to`lgan sigirning qaymog`i olinmagan sutidan tayyorlangan chalobni ichsangiz yo`lingiz tushsa, bu yerga kirmasdan ketmaydigan bo`lib qolasiz. == Mavzuga doir maqolalar == * [http://www.azu.uz/assorty/restoran/restoran_detail.php?ID=2244 Chiroqchi Jizi Haqida] [[Turkum: Oʻzbek taomlari]] [[Turkum: Chiroqchi]] All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1665391.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|