Difference between revisions 2074852 and 2074853 on uzwiki'''Ibrohim alayhis-salom''' - [[Qurʻon]]da nomi [[zikr]] etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, [[arablar]] va [[yahudiylar]]ning umumiy [[ajdod]]i. Yakkaxudolikni targʻib qilgan. [[Alloh]]ning chin doʻsti (xalilulloh), [[imom]] ("jamoa rahbari"), siddiq ("haqiqatgoʻy") va hanif ("yakkaxudolikni targʻib qiluvchi") deb taʻriflanadi. Ibrohim alayhisalomning kunyalari Abu Ziyfon bo'lgan, bu "mehmondo'st" degan ma'noni anglatadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida [[Avraam]] nomi bilan maʻlum. [[Bobil]]da tavallud topgan. Avvaliga yulduz, oy, [[quyosh]]ga sigʻinmoqchi boʻlgan, keyin yolgʻiz [[Alloh]]ga [[ibodat]] qila boshlagan. Otasi [[Ozoar]] va qavmlarini ham ana shunga daʻvat qilgan. Bu hakda [[Qurʻon]]da ([[Anbiyo surasi]] 53-56-oyatlar) kelgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma [[but]]larni sindirib tashlagan ([[Anbiyo surasi]] 58-60-[[oyat]]lar). Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻlib oʻtga (contracted; show full)oʻlishi, [[islom]] arkonlarining 5-farzi - [[haj]] qilishIbrohim alayhis-salomga borib taqaladi. [[Kaʻba]] yaqinidagi "I. joyi" ("Ibrohim maqomi") musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, [[xatna]] qilishni ham Ibrohim alayhis-salom nomi bilan bogʻlaydilar. Manbalarda Ibrohim alayhis-salomning 175 yil umr koʻrgani, oʻgʻillari tomonidan [[Madinatul Xalil]] ([[Xevron]], [[Falastin]])ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi. {{Islam-stub}} == Manbalar == {{Payg'ambar}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=2074853.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|