Difference between revisions 608725 and 2074852 on uzwiki

'''Ibrohim alayhis-salom''' - [[Qurʻon]]da nomi [[zikr]] etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, [[arablar]] va [[yahudiylar]]ning umumiy [[ajdod]]i. 
Yakkaxudolikni targʻib qilgan. [[Alloh]]ning chin doʻsti (xalilulloh), [[imom]] ("jamoa rahbari"), siddiq ("haqiqatgoʻy") va hanif ("yakkaxudolikni targʻib qiluvchi") deb taʻriflanadi. Ibrohim alayhisalomning kunyalari Abu Ziyfon bo'lgan, bu "mehmondo'st" degan ma'noni anglatadi.
Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida [[Avraam]] nomi bilan maʻlum. [[Bobil]]da tavallud 
topgan. Avvaliga yulduz, oy, [[quyosh]]ga sigʻinmoqchi boʻlgan, keyin yolgʻiz [[Alloh]]ga [[ibodat]] qila boshlagan. Otasi [[Ozor]] va qavmlarini ham ana shunga daʻvat qilgan. Bu hakda 
[[Qurʻon]]da ([[Anbiyo surasi]] 53-56-oyatlar) kelgan. Ular bilan bahslashgan, ammo 
ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma [[but]]larni sindirib tashlagan 
(contracted; show full)oʻlishi, [[islom]] arkonlarining 5-farzi - [[haj]] qilishIbrohim alayhis-salomga borib taqaladi. [[Kaʻba]] yaqinidagi "I. joyi" ("Ibrohim maqomi") musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, [[xatna]] qilishni ham Ibrohim alayhis-salom nomi bilan bogʻlaydilar. Manbalarda Ibrohim alayhis-salomning 175 yil umr koʻrgani, oʻgʻillari tomonidan [[Madinatul Xalil]] ([[Xevron]], [[Falastin]])ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.  

{{Islam-stub}}

== Manbalar ==
{{Payg'ambar}}