Difference between revisions 608725 and 2074852 on uzwiki'''Ibrohim alayhis-salom''' - [[Qurʻon]]da nomi [[zikr]] etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, [[arablar]] va [[yahudiylar]]ning umumiy [[ajdod]]i. Yakkaxudolikni targʻib qilgan. [[Alloh]]ning chin doʻsti (xalilulloh), [[imom]] ("jamoa rahbari"), siddiq ("haqiqatgoʻy") va hanif ("yakkaxudolikni targʻib qiluvchi") deb taʻriflanadi. Ibrohim alayhisalomning kunyalari Abu Ziyfon bo'lgan, bu "mehmondo'st" degan ma'noni anglatadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida [[Avraam]] nomi bilan maʻlum. [[Bobil]]da tavallud topgan. Avvaliga yulduz, oy, [[quyosh]]ga sigʻinmoqchi boʻlgan, keyin yolgʻiz [[Alloh]]ga [[ibodat]] qila boshlagan. Otasi [[Ozor]] va qavmlarini ham ana shunga daʻvat qilgan. Bu hakda [[Qurʻon]]da ([[Anbiyo surasi]] 53-56-oyatlar) kelgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma [[but]]larni sindirib tashlagan ([[Anbiyo surasi]] 58-60-[[oyat]]lar). Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻlib oʻtga tashlaganlar, ammo, u [[Alloh]] irodasi bilan [[olov]]dan sogʻ-salomat chiqqani [[Qurʻon]]da bayon qilingan ([[Anbiyo surasi]] 68-72-[[oyat]]lar). [[Qurʻon]]da yozilishicha, [[Alloh]] Ibrohim alayhis-salomga qariganda ikki [[farzand]] bergan. Bular [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]] va [[Isxoq alayhis-salom|Ishoq]] alayhis-salomlardir. [[Ismoil |Ismoil]] [[Muhammad alayhis-salom|Muhammad]]ning katta bobosi, [[Isxoq alayhis-salom|Isxoq]] esa, [[Iso alayhis-salom]] va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosvdir. Ibrohim alayhis-salom tushida qilingan ilhomga asosan [[Alloh]]ga boʻlgan chin eʻtiqodi evaziga bitta oʻgʻli [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]]ni [[qurbon]] qilishga qaror qilgan, lekin [[Alloh]] bolaning oʻrniga [[qoʻchqor]] yuborgan. [[Makka|Makkai mukarramada]] [[Baytulloh]]ning bunyod boʻlishi, [[islom]] arkonlarining 5-farzi - [[haj]] qilishIbrohim alayhis-salomga borib taqaladi. [[Kaʻba]] yaqinidagi "I. joyi" ("Ibrohim maqomi") musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, [[xatna]] qilishni ham Ibrohim alayhis-salom nomi bilan bogʻlaydilar. Manbalarda Ibrohim alayhis-salomning 175 yil umr koʻrgani, oʻgʻillari tomonidan [[Madinatul Xalil]] ([[Xevron]], [[Falastin]])ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi. {{Islam-stub}} == Manbalar == {{Payg'ambar}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=2074852.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|