Difference between revisions 2175147 and 2376948 on uzwiki

{{Shaxsiyat
|ismi = Kim Nam Sok
|tavallud sanasi = {{birth date and agetugʻilgan sanasi va yoshi|1956|2|1}}
|tavallud joyi = [[Koreya Respublikasi]]
|fuqaroligi = 
|bilimi = Gyongseong (Koreya) Oliy maktabi<br />Xanyang (Koreya) universiteti<br /> Arizona universiteti (AQSh)<br />Sungkyunkvan universiteti (Koreya)
}}
'''Kim Nam Sok''' - Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari – AKT boʻyicha maslahatchi (2015-2017 yillarda)<ref>{{Citation |year= |title=KIM Nam Sok |url=http://ccitt.uz/uz/about/guide/guide/1959/ |access-date=2017-02-03 |archivedate=2017-02-04 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20170204003951/http://ccitt.uz/uz/about/guide/guide/1959/ }}</ref>.

== Biografiyasi ==
1956 yilda Koreya Respublikasida tugʻilgan. Millati – koreys. Ma’lumoti – oliy. 1975 yilda Gyongseong (Koreya) Oliy maktabini; 1980 yilda Xanyang (Koreya) universitetining bakalavr boqichini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha; 
1984-1986 yillarda Arizona universitetini (AQSh)ning magistratura bosqichini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha; 
1989 yilda Sungkyunkvan universiteti (Koreya)ning magistratura bosqichini axborotlashgan jamiyat yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 1980-1993 yillarda Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi vazirligi huzuridagi Davlat kompyuter markazining Boshqaruv tizimi, tashkiliy rejalashtirish boʻlimi direktori oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1993-2004 yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Rejalashtirish va byudjet, Tashkiliy tizimlar, Boshqaruv boʻlimlari direktori lavozimlarida ishlagan. 2004-2005 yillarda Koreya Respublikasi Prezidentining Davlat innovatsiyalari va detsentralizatsiyalar boʻyicha qoʻmitaning Boshqaruv innovatsiyalari guruhi Bosh direktori lavozimida ishlagan. 2005 yilda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Innovatsiyalarni rejalashtirish byurosi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2005 – 2007 yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining “Elektron hukumat” boʻyicha bosh boshqarmasida vazir yordamchisi lavozimida ishlagan. 2007 – 2008 yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Rejalashtirish va muvofiqlashtirish, Jamoatchilik bilan siyosat va aloqalarni boshqarish idoralari boʻyicha vazir yordamchisi lavozimida ishlagan. 2008 – 2010 yillarda Davlat boshqaruvi va xavfsizligi Qoʻmitasining ijroiya komiteti a’zosi. 2010 – 2011 yillarda Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirining birinchi oʻrinbosari. 2011 – 2013 yillarda “Hendi Softver” va “Handy Software” kompaniyalari maslahatchisi. 2013 – 2015 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari oʻrinbosari-AKT boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlagan. 2015 yilning mart oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari – AKT boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlab kelgan. [[2017-yil]] [[17-fevral]] kuni Kim Nam Sok va Li Chul Shuning O'zbekistondagi mehnat shartnomasi nihoyasiga yetishi munosabati bilan ular o'z lavozimlaridan ozod etildilar va Koreya Respublikasiga qaytdilar<ref>{{Citation |year= |title=arxiv nusxasi |url=http://ccitt.uz/uz/press_center/news_committee/13699/?sphrase_id=810736 |access-date=2017-03-02 |archivedate=2017-03-03 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20170303122843/http://ccitt.uz/uz/press_center/news_committee/13699/?sphrase_id=810736 }}</ref>.    

== Majburiyatlari ==  
* Rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya sohasini tahlil qilish va mazkur tahlil natijasida Vazirlik rahbariyatiga respublikada sohani rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda axborotlashtirish sohasidagi xoʻjalik sub’ektlari faoliyatini, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanishini tahlil qilish va mazkur tahlil natijasida Vazirlik rahbariyatiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida investitsion takliflarni taqdim etadi;
* xalqaro zamonaviy tendensiyalar asosida sohada kompyuterlashtirishni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari boʻyicha tavsiyalar taqdim etadi;
* investitsiyalarni jalb qilish va sohani rivojlantirish maqsadida xalqaro va milliy ekspertlar soʻrovnomalari asosida respublikada AKT sohasidagi korxonalar va AKTning dunyoda rivojlanish tendensiyalarining tadqiqotini amalga oshiradi;
* sohani takomillashtirish va rivojlantirish monitoringi, marketingi hamda muammoli tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi va ular asosida sohani rivojlantirish strategiyasini tavsiya etadi;
* tadqiqotlar natijasida sohaning rivojlanish holati boʻyicha muntazam sharhlarni amalga oshiradi;
* sohada axborot tizimlari, xizmatlari va dasturiy mahsulotlar bozorini shakllantirish boʻyicha ishlarda yordam koʻrsatadi;
* sohadagi tadbirlarga metodik, axborot va tashkiliy yordam koʻrsatadi; 
* Vazirlikning AKTni rivojlantirishni strategik rejalashtirish boʻlimi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
* AKT sohasida normativ-huquqiy va normativ xujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlarining AKT yoʻnalishidagi korxonalar va sub’ektlar faoliyatini boshqarish, boshqaruv tuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va taqdim etadi.

== Manbalar ==
{{manbalar}}

{{bio-stub}}

[[Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari]]