Difference between revisions 2376948 and 2393061 on uzwiki

{{Shaxsiyat
|ismi = Kim Nam Sok
|tavallud sanasi = {{tugʻilgan sanasi va yoshi|1956|2|1}}
|tavallud joyi = [[Koreya Respublikasi]]
|fuqaroligi = 
|bilimi = Gyongseong (Koreya) Oliy maktabi<br />Xanyang (Koreya) universiteti<br /> Arizona universiteti (AQSh)<br />Sungkyunkvan universiteti (Koreya)
}}
'''Kim Nam Sok''' - Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari – AKT boʻyicha maslahatchi (2015-2017  -yillarda)<ref>{{Citation |year= |title=KIM Nam Sok |url=http://ccitt.uz/uz/about/guide/guide/1959/ |access-date=2017-02-03 |archivedate=2017-02-04 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20170204003951/http://ccitt.uz/uz/about/guide/guide/1959/ }}</ref>.

== Biografiyasi ==
1956  -yilda Koreya Respublikasida tugʻilgan. Millati – koreys. Ma’lumoti – oliy. 1975  -yilda Gyongseong (Koreya) Oliy maktabini; 1980  -yilda Xanyang (Koreya) universitetining bakalavr boqichini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha; 
1984-1986  -yillarda Arizona universitetini (AQSh)ning magistratura bosqichini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha; 
1989  -yilda Sungkyunkvan universiteti (Koreya)ning magistratura bosqichini axborotlashgan jamiyat yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 1980-1993  -yillarda Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi vazirligi huzuridagi Davlat kompyuter markazining Boshqaruv tizimi, tashkiliy rejalashtirish boʻlimi direktori oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1993-2004  -yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Rejalashtirish va byudjet, Tashkiliy tizimlar, Boshqaruv boʻlimlari direktori lavozimlarida ishlagan. 2004-2005  -yillarda Koreya Respublikasi Prezidentining Davlat innovatsiyalari va detsentralizatsiyalar boʻyicha qoʻmitaning Boshqaruv innovatsiyalari guruhi Bosh direktori lavozimida ishlagan. 2005  -yilda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Innovatsiyalarni rejalashtirish byurosi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2005 – 2007  -yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining “Elektron hukumat” boʻyicha bosh boshqarmasida vazir yordamchisi lavozimida ishlagan. 2007 – 2008  -yillarda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirligining Rejalashtirish va muvofiqlashtirish, Jamoatchilik bilan siyosat va aloqalarni boshqarish idoralari boʻyicha vazir yordamchisi lavozimida ishlagan. 2008 – 2010  -yillarda Davlat boshqaruvi va xavfsizligi Qoʻmitasining ijroiya komiteti a’zosi. 2010 – 2011  -yillarda Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirining birinchi oʻrinbosari. 2011 – 2013  -yillarda “Hendi Softver” va “Handy Software” kompaniyalari maslahatchisi. 2013 – 2015  -yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari oʻrinbosari-AKT boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlagan. 2015  -yilning mart oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari – AKT boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlab kelgan. [[2017-yil]] [[17-fevral]] kuni Kim Nam Sok va Li Chul Shuning O'zbekistondagi mehnat shartnomasi nihoyasiga yetishi munosabati bilan ular o'z lavozimlaridan ozod etildilar va Koreya Respublikasiga qaytdilar<ref>{{Citation |year= |title=arxiv nusxasi |url=http://ccitt.uz/uz/press_center/news_committee/13699/?sphrase_id=810736 |access-date=2017-03-02 |archivedate=2017-03-03 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20170303122843/http://ccitt.uz/uz/press_center/news_committee/13699/?sphrase_id=810736 }}</ref>.        

== Majburiyatlari ==  
* Rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya sohasini tahlil qilish va mazkur tahlil natijasida Vazirlik rahbariyatiga respublikada sohani rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
(contracted; show full)
* Vazirlikning AKTni rivojlantirishni strategik rejalashtirish boʻlimi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
* AKT sohasida normativ-huquqiy va normativ xujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlarining AKT yoʻnalishidagi korxonalar va sub’ektlar faoliyatini boshqarish, boshqaruv tuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va taqdim etadi.

== Manbalar ==
{{manbalar}}


{{bio-stub}}

[[Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari]]


{{bio-stub}}